Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Namangandagi «Obod qishloq» dasturi uchun 50 mln dollar ajratadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida rossiyalik milliarder Alisher Usmonov hudud uchun qilgan ishlar haqida gapirdi.
1 mart kuni Namangan shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, yig‘ilish davomida prezident Namanganda Alisher Usmonov nomidagi «Youth Business Center»nomli biznes markaz qurilishi, O‘rta Osiyoda muqobili bo‘lmaydigan bu biznes markazida xorijlik mutaxassislar yoshlarga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatishi yo‘lga qo‘yilishi haqida gapirgan.
«U (Alisher Usmonov - tahr) bu yerda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ochadi. Dunyoga mashhur tadbirkor o‘ziga o‘xshash yoshlarni tarbiyalashda yordam beradi. Bu ish uchun xorijlik mutaxassislar jalb etiladi», degan prezident.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev rossiyalik milliarder tomonidan Namangan viloyatiga «Obod qishloq» dasturi amalga oshirilishi uchun 50 million dollar miqdorida beg‘araz yordam ajratilishi haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 29 avgustida asli kelib chiqishiga ko‘ra namanganlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash haqida farmonini imzolagan edi. 31 avgust kuni Alisher Usmonov ushbu ordenni Prezidentning shaxsan o‘zidan qabul qilib olgandi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026