Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jahonda o‘xshashi kam bo‘ladigan bog‘». Prezident Namangandagi «Afsonalar vodiysi» bog‘i qurilishi bilan tanishdi
Prezident Namangan shahrining Yuksalish mahallasi hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar va hududni rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Yuksalish mahallasi keyingi ikki yilda bunyodkorlik maydoniga aylandi. 2018 yilda bu yerda 588 xonadondan iborat 7 qavatli 14ta arzon uy-joy qurib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yil oxirigacha turar joylar yana 14taga ko‘payib, xonadonlar soni 1 ming 176taga yetkaziladi. Uylar bilan birga infratuzilmalar bunyod etiladi, atrof obodonlashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev uy-joylarni sifatli qurish bilan birga ularga xizmat ko‘rsatish darajasini ham oshirish zarurligini ta'kidladi.

Mahalla yonida 80 gektarlik kichik sanoat zonasi tashkil etilishi, bu yerda 7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Hyundai» avtomobil zavodi ham shu hududda barpo etiladi. Ham hudud, ham ishlab chiqarish salohiyati ortishi hisobiga Yuksalish mahallasi yuqori texnologik rivojlangan shaharchaga aylanadi. Odamlar shu hududdagi kichik sanoat zonasi va yirik korxonalarda ishlaydi.
Davlat rahbari Namangan shahrini zamonaviy shaharsozlik me'yorlari asosida yanada obod qilish, aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha rejalar, A.Xo‘jayev ko‘chasidagi bo‘sh turgan bino o‘rnida «IT park» tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.
«Prezident shahar markazida barpo etilayotgan «Afsonalar vodiysi» bog‘i qurilishi bilan ham tanishdi. Nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahonda o‘xshashi kam bo‘ladigan mazkur bog‘ viloyatning tashrif qog‘oziga aylanadi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi.

Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026