Qarshiga eltuvchi abgor yo‘llar: yo‘lovchilar shikoyatda, mutasaddilar xijolatda

Kun.uz tahririyatiga Samarqanddan Qashqadaryo viloyatiga kirib borilganida Xo‘jaobod aholi punktidan viloyat markazi Qarshi shahriga eltuvchi 4R87 avtomobil yo‘lining ahvolidan shikoyat bildirilgan murojaatlar bo‘ldi.
48 km yo‘lning Qarshidan Toshkent tomon chiqaverishdagi qariyb 10 km qismi ikki yilcha muqaddam zamonaviy qilib mukammal ta'mirlangan va asfalt yotqizilgan.
Uzunligi 48 km bo‘lgan mazkur yo‘l bundan 20 yilcha muqaddam to‘g‘ri chiziq qilinib, kapital ta'mirlangan edi. Uning ayrim joylari butunlay boshqatdan barpo etilgan, hanuzgacha eski yo‘lga ko‘zingiz tushishi mumkin.
Yangi barpo etilgan yo‘lning ahvoli yomonligidan, ayrim avtomobillar o‘sha 20 yil muqaddam yopilgan yo‘ldan yurishmoqda.
Lekin yillar o‘tib, faqat joriy ta'mir qilib kelingan mazkur asosiy yo‘lning ahvoli bugungi kunda havas qiladigan darajada emas.
Qolgan 38 km yo‘lning aksariyat qismi yorilib ketgan. Ayrim joylarida asfalt qoplamasi ko‘chib ketgan.
Qashqadaryoning Qarshi shahri, Qarshi tumani, Nishon, Koson, Mirishkor, Muborak kabi tumanlari aholisi poytaxt va boshqa viloyatlarga yo‘l olishi uchun qir-adirlar o‘rtasidan solingan mana shu yo‘ldan yurishadi. Bu ularga katta qiyinchilik keltirib chiqarmoqda. Yo‘llardagi chuqurlar mashinalar shinasi yorilishiga sabab bo‘lmoqda.
Biz mazkur masala yuzasidan qashqadaryolik yo‘lsozlardan izoh so‘radik. Viloyat avtomobil yo‘llari hududdiy bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Kamolov bizga quyidagicha tushuntirish berdi:
«Ochig‘i, bu yo‘l o‘tgan yilgi mukammal ta'mirlash dasturiga kirmay qoldi. Mana, sizga hujjatlarni taqdim etaman, bu yilgi dasturdan mazkur yo‘lning ta'mirlanishi o‘rin olgan. Loyiha qilingan, ekspertizadan o‘tkazilgan va respublika darajasida himoya qilib kelingan.
O‘tgan yili yo‘lni joriy ta'mirlashga urinib ko‘rganimizda bitum tanqisligi yuzaga keldi. Chunki Qashqadaryoda yo‘llar ko‘p qurilmoqda. Hozir avvalo xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni ta'mirlash ustida qizg‘in ish ketmoqda.
Yaqinda ikki marta yo‘lning o‘nqir-cho‘nqir qismlarini yamab bartaraf etish uchun ta'mirlash olib bordik. Lekin qishning sovuq kunlarida ta'mirlash sifati yo‘qoladi.
Bu yil bitum yetarli darajada bor. Yanvar oyining o‘zida Rossiyadan 6 ming tonna bitum keltirildi. Endi may oyigacha mazkur 4R78 yo‘lining yana 5 kilometr qismi to‘liq kapital ta'mirlanadi. Qolgan qismi joriy ta'mirlanib, xavfsiz ko‘rinishga keltiriladi».
Yo‘l — iqtisodiyotning qon-tomiri, ma'lum bir hududning yuzi, muhim infratuzilma obekti hisoblanadi. Odamlarning uzog‘ini yaqin qiluvchi yo‘llarimiz, albatta, ravon bo‘lishi kerak.
Qashqadaryolik mutasaddilar, viloyat rahbarlari mazkur holatga jiddiy e'tibor qaratishadi, degan umiddamiz. Va'dalar berildi. Biz uning bajarilishini albatta kuzatamiz va mavzuga yana qaytamiz.
Shuhrat ShOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
Jahon | 22:39
-
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28
-
20 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:21
-
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025