«Sho‘rtan» hech qanday natija ko‘rsatmagan belorussiyalik murabbiylarga 550 million so‘m to‘ladi
Klublarimiz xorijlik (!) futbolchi va murabbiylar bilan o‘ylamay tuzilgan shartnomalar sabab jarima to‘lashda davom etishadi. «Bunyodkor» jamoaga hech qanday natija keltirmagan Sergey Simonenkoga 50 ming dollar to‘lagani yodingizda.
Legionerlar borasidagi endigi mashmashalar markazida G‘uzorning «Sho‘rtan» klubi paydo bo‘ldi. 2012 yil G‘uzor klubiga belorussiyalik ikkita murabbiy keladi. Igor Kriushenko jamoa bosh murabbiyi bo‘ladi. Vitaliy Varvonchik esa darvozabonlar murabbiyi etib tayinlanadi.
Belorussiyalik bu murabbiylar «Sho‘rtan»da biror ko‘zga ko‘rinadigan natija qayd etmay birinchi davradan so‘ng jamoani tark etishadi. Ortlaridan esa bir dunyo qarz qoldirishadi...
PFL direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegram-kanalida yozishicha, «Sho‘rtan» yaqinda bu murabbiylarga 550 million so‘m pul bergan. Jumladan, Igor Kriushenkoga 445 million, Vitaliy Varvonchikka 105 million so‘m to‘lab bergan.
Bu pullar 4 yil davomida penya «tug‘gani» sabab shunday katta qiymatga kelgan. «Sho‘rtan» bu bilan qarzlaridan qutulgani yo‘q. Jamoa Kriushenkoga yana 248 million, Varvonchikka yana 73 million so‘m to‘lab berishi kerak. Klub Murod Otajonov, Yorqin Nazarov, Sardor Xursanov, Aziz G‘ulomxo‘jayevdan ham qarzini uzishi kerak.
Ta'kidlash kerak, Yorqin Nazarov o‘tgan mavsum G‘uzorda yosh futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuzgan va Pro-Liga jamoalarini ketma-ket yengib muxlislarda yaxshi taassurot qoldirgandi. Biroq Nazarov yana oldingi ish joyi «Bunyodkor» akademiyasigaga qaytgan. «Sho‘rtan» ayni damda Sergey Kovshov murabbiyligida Pro-Liga «A» guruhida qatnashishga tayyorlanmoqda.
Ma'lumot uchun, Igor Kriushenko hozirda Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
Mavzuga oid
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
22:39 / 16.04.2021
«Iltimos, keyinroq o‘ynaylik». PFLning navbatdagi tushunarsiz qarori haqida
15:49 / 20.10.2020
FIFA «Sho‘rtan»ga qishki transfer oynasida taqiq qo‘yadi
12:43 / 07.05.2020