«Al-Vahda» bosh murabbiyi: «Ikkita standart vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi»
Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidagi «Lokomotiv»-«Al-Vahda» uchrashuvidan (2:0) keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Xenk ten Keyt jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Dastlabki 25 daqiqalikni ancha tushunarsiz tarzda o‘tkazdik. Bunga men asosiy tarkibda tushirgan futbolchilar ulardan nimani xohlayotganimni tushuna olishmagani ham sabab bo‘ldi. Ammo 25 daqiqa o‘tib, o‘yinimizda o‘zgarish bo‘ldi, tarkibda ham ba'zi o‘zgarishlarni amalga oshirdik va keyin o‘yinni biz nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limning katta qismi ham bizning nazoratimizda o‘tdi, deb hisoblayman. Aslida ikkita standart vaziyat bugungi o‘yin taqdirini hal etdi.
Gollarga to‘xtaladigan bo‘lsam, raqibning beshinchi raqamdagi futbolchisi (Anzur Ismoilov) boshi bilan yaxshi o‘ynashini bilardik. Shunga qaramay, uni qo‘yib yubordik va birinchi gol shuning oqibatida yuzaga keldi. Ikkinchi gol esa qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritildi. Tan olish kerak, chiroyli gol bo‘ldi, zarba ajoyib chiqdi.
Biz mag‘lubiyatga uchradik, shunday ekan «Lokomotiv»ni tabriklayman. Biz turnirni yaxshi boshlay olmadik.
BAA klublari nega O‘zbekiston jamoalariga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘ynaydi? Buni bilmayman. Men faqat o‘z jamoam haqida gapirishim mumkin. Biz bitta juda ham ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydik va natijada taktikani o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Raqib juda oson va tezkor gol urdi. Biz boshqa narsani reja qilgandik. Raqibni himoya chizig‘imizdan iloji boricha uzoqroqda ushlash niyatida edik. Ammo gol o‘tkazib yuborgach, tashabbusni qo‘lga olishimizga to‘g‘ri keldi. Barcha tavakkalchilikni hisobga olgan holda maydonning ikkinchi yarmiga ko‘proq o‘tishga majbur bo‘ldik. Birgina ahmoqona xato bizga qimmatga tushdi.
Keyingi o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. Javob uchrashuvi «Lokomotiv» uchun qiyin kechadi. Balki ob-havo ham sabab bo‘lgandir, bu yer sovuq ekan», – dedi Xenk ten Keyt.
Niderlandiyalik mutaxassis birinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchi va jamoa sardori o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka izoh berishni istamadi. «Men arab tilini tushunmayman, ular shunchaki gaplashishgandir. Kiyinish xonasida bu haqda gaplashganimiz yo‘q, bu muhim emas. U yerda faqat futbol haqida gaplashamiz», – dedi «Al-Vahda» bosh murabbiyi.
Xenk ten Keyn jamoa himoya chizig‘i mustahkam emasligi borasidagi savolga quyidagicha javob berdi.
«Lokomotiv» bugun ikkitadan ko‘p gol urishi mumkin edi? Unda nega urmadi? «Lokomotiv» hujumchilari qanday o‘ynadi? Yaxshi emas, to‘g‘rimi? Demak, himoyamiz yaxshi o‘ynabdi», – dedi u.
Abu-Dabi shahri klubi keyingi turni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. «Lokomotiv» esa Dohada «Ar-Rayyan» mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuvlar 11 martga belgilangan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 09:43
-
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16
-
Voronej oblastidagi neft bazasiga dronlar hujum qildi
Jahon | 09:08
-
Smolenskka dronlar hujumi: ko‘p qavatli uy va aviazavod yonmoqda
Jahon | 09:04
Mavzuga oid
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Marushichning dubli evaziga «Shabob Al Ahli» ustidan irodali g‘alabaga erishib, peshqadamga aylandi
15:00 / 16.08.2024
Elit OChLga qur’a tashlandi - «Paxtakor» guruhda Saudiya klublari bilan o‘ynamaydi
12:42 / 16.08.2024