Sport | 19:08 / 04.03.2019
6630
3 daqiqa o‘qiladi

Andrey Fyodorov: «Mana shunday o‘yinlarda jamoaning irodasi toblanadi»

Foto: Tribuna.Uz

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov OChL guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan «Al-Vahda»ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

«G‘alaba bilan hammani tabriklayman. «Al-Vahda» o‘tgan yilga nisbatan ancha o‘zgargan, himoyada tartibli o‘ynadi. Birinchi bo‘limda hammasini hal qilishimiz mumkin edi, ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. Agar ulardan unumli foydalanganimizda, o‘yin oxiri asabiy tarzda o‘tmagan bo‘lardi. Biroq, mana shunday bellashuvlarda yangi jamoa shakllanadi, irodasi toblanadi. 

Jamshid Iskanderov nega almashtirildi? 1-bo‘limda u yaxshi o‘ynadi, 2-bo‘limda biroz charchab qoldi shekilli, o‘yinida xatolar ko‘rinib qoldi. Shu tufayli, uni almashtirib, markazga Sardor Mirzayevni o‘tkazdik.  

Hal qiluvchi vaziyatlarda «Lokomotiv» futbolchilariga sovuqqonlik yetishmayapti? 2-bo‘limda raqib faollik qilib, bizni o‘z maydonimizda pressing qila boshladi, balki mana shu bizga salbiy ta'sir qilgandir. «Lokomotiv» har doim o‘yinda tashabbusni qo‘lga olishga harakat qiladi. Bu vaziyatda esa raqib bizni orqaga chekintirdi. Ammo o‘yin oxirida faol harakat qildik.

Jismoniy holatimiz yaxshi. «Al-Vahda» o‘yinni emas, to‘pni nazorat qildi xolos. 

«Paxtakor» - «Persepolis» o‘yini? Tomosha qilaman, «Paxtakor»ga muxlislik qilib, uning o‘yinini o‘rganib, tahlil etaman. 

Odatda murabbiylarimiz o‘yinni video orqali o‘rganishadi, nahotki biror murabbiyni viloyat markazlariga yuborib, o‘sha joyda o‘rganishning iloji bo‘lmasa? Keling, bu savolga javob bermay qo‘ya qolay», - dedi Fyodorov.

Mavzuga oid