«Snos» bilan boğliq maşmaşalar: «Svetlana» dökoni yonida nimalar bölyapti?
|23:32 / 04.03.201938 6418 min
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Uluğbek tumanidagi «Svetlana» dökoni orqasida joylaşgan uylarning buzilişi haqida ma'lumot paydo böldi.
Bundan taşqari, foydalanuvçilarning xabar berişiça, «Böz bozor» bozorini ham buziş rejalaştirilgan.
Sayram köçasi Mirzo Uluğbek tumanida, «Buyuk ipak yöli» (sobiq Maksim Gorkiy) metro bekati yaqinidagi «Svetlana» dökoni ortida joylaşgan.
Köça böylab bir neçta bir qavatli, ikki qavatli va köp qavatli uylar, korxona, bozor, dökonlar, umumiy ovqatlaniş joylari, bekatlar va hokazolar joylaşgan.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, «Svetlana» dökoni ortidagi barça köp qavatli uylar hamda boşqa obektlar buzilmaydi. Bunda ikki qavatli uylar istisno sanaladi.
Şuningdek, şahar hokimligi vakillarining ma'lum qilişiça, mahalliy bozor ham buzilmaydi. «Böz» bozorida rekonstruksiya işlari olib boriladi.
Bozor ma'muriyatining vakili ham Kun.uz muxbiriga heç qanday «snos» bölmasligini tasdiqladi.
«Bozor öz joyida qoladi. Rekonstruksiyani rejalaştirmoqdamiz. Bozor oldining örniga maşinalar uçun turargoh paydo böladi. Bozor oldida joylaşgan barça dökonlar köçiriladi. Umuman olganda, bozorni yangilaniş kutmoqda. Biz mahalliy aholi uçun qulayliklar yaratiş niyatidamiz», - dedi u.
Böz bozor yaqinidagi ikki qavatli uylarda yaşovçi fuqarolarning ma'lum qilişiça, buziliş haqida eşitganlar, biroq hozirça heç kim ularga rasman murojaat qilmagan.
Mavzuga oid
«Ha, biz buziliş haqida eşitdik, ammo hozirgaça heç kim menga murojaat qilmadi. Biz xabarnoma olmadik, hozirgi kunga qadar heç qanday yiğiliş bölmadi», - deydi fuqarolardan biri.
Davom etamiz. Ba'zi joylarda kvartiralar sotilayotgani haqida e'lonlar ham osib qöyilgan.
Darvoqe, köça böylab yangi köp qavatli uy barpo etilmoqda.
Ikki qavatli uyning qarama-qarşi tomonida korxona joylaşgan. Biz u yerda vaziyat qanday ekanini bilişga qiziqdik.
«Aytişlariça, ikkita qavatli turar joylar buziladi, lekin bizga tegişmaydi. Har holda hali heç kim bizga biror narsa demadi. Bu yerda işlab çiqariş joylaşgan. Odamlar odatdagidek işlayapti», - dedi korxona vakili.
U e'lon haqida gapirib, «bino emas, balki «Bezak» MÇJdagi davlat uluşi sotilayotgani»ni aytdi.
Bu köçada qaçonlardir Xitoy elçixonasi ham joylaşgan. Bino allaqaçon buzilgan. Mahalliy aholining ta'kidlaşiça, diplomatik vakolatxona joylaşgan yerda yangi majmua oçişni istaşgan, lekin pudratçilar va buyurtmaçilar ikki qavatli binolar buzilişi haqida bilib qolib, işni töxtatib qöyişgan va ketişgan.
«Qandaydir körgazma majmuasi qurişmoqçi edi. Elçixona buzildi, poydevor qazib taşlandi va quriliş maydonçasi tösib qöyildi. Göyoki hokimlik köça böylab joylaşgan barça ikki qavatli binolar baribir buzilişi haqida xabar bergan. Aftidan, boşqa hududdan yangi yer berilgan va ular bu yerdan ketişdi», - deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
10-uyda yaşovçilarning ma'lum qilişiça, investorlar bir neça kun oldin kelgan.
«Bilasizmi, buziliş haqidagi ma'lumot bugun yoki keça paydo bölmadi. Avvallari ham investorlar kelgan, hozir ham kelmoqda», - deydi fuqarolardan biri.
«Yaqinda investorlar Turkiyadan keldi. Ular bu yerda köp qavatli turar joy qurişni xohlamoqda. Uçta variant taklif qilişdi: kompensatsiya, boşqa kvartira yoki ijara. Ijara yangi uy qurilgunça qadar tölanadi. Keyin yana bu yerga, faqat yangi kvartiraga qaytişimiz mumkin», - deya davom etdi u.
Uning ta'kidlaşiça, investorlar qönğiroq qiliş va yakuniy javobni aytişga va'da berişgan, ammo hozirga qadar heç qanday qönğiroqlar bölmagan.
«Men bu yerda hammani bilaman. Barça xuddi ignaning ustida ötirgandek ötiribdi. Bahor ham keldi. Köplar ta'mirlaş işlarini boşlamoqçi, lekin «snos» bölgani sababli, hamma kutmoqda. Heç kim u qaçon boşlanişini aniq bilmaydi. Rasmiy xabarnoma yöq, bu masala böyiça yiğiliş ham bölmadi. Aniq ma'lumot yöq», - deya ma'lum qildi fuqaro.
Fuqarolardan birining aytişiça, hokimlikka ham borgan.
«Men bu miş-mişlardan çarçadim. Nima bölayotganini aniqlaş uçun hokimlikka bordim. Hokimlikda birinçi navbatda aholining barça muammolari hal qilinişi, keyin buziş boşlanişi haqida aytişdi. Variantlar: kompensatsiya, yangi kvartira yoki ijara. Investorlar ham öylamoqda. Arxitekturaga murojaat qildim, lekin ular ham aniq ma'lumotga ega emas», - dedi u.
Sönggi marta investorlardan biri Sergeli tumanidan ularga kvartira taklif qilgan. Barça fuqarolar buni rad etişgan.
«Bunday bölişi kerak emas. Biz deyarli poytaxt markazida yaşaymiz, endi esa şahar çekkasidan kvartiralar taklif etişyapti. Rahmat, bu kerak emas», - deydi fuqarolardan yana biri.
Aholi vakillaridan biri özi quruvçi sifatida işlaşini ma'lum qildi.
«Biz öz huquqlarimizni yaxşi bilamiz. Özidan-özi, şunçaki heç narsa bölmaydi. Bizni xabardor qilişlari, fikrimizni hisobga olişlari va faqat şundan keyingina iş boşlaşlari kerak», - deya qayd etib ötdi mahalliy aholi vakili.
Şuningdek, u boşqa muammolar haqida ham gapirdi.
«Masalan, faqatgina bitta uyning özida turliça fikr va takliflar mavjud. Biri kompensatsiyani xohlamoqda, boşqasi yangi kvartirani, uçinçisi esa vaqtinçalik turar joy hamda yangi uy tayyor bölgaç, bu yerga qaytib kelişni. Nozik jihatlar juda köp. Umuman olganda, jarayonning özi murakkab», - dedi u.
Pensioner ayollardan birining ma'lum qilişiça, uylar çindan ham eskidir.
«Men şu yerda katta bölganman. Uylar ğiştli va mustahkam. «Snos»lar haqida men ham eşitdim, ammo hozirça aniq ma'lumot yöq. Heç kim meni buziliş haqida ogohlantirmadi. Aytişlariça, bu yerda yangi köp qavatli uylar barpo etiladi. Eng muhimi, bizning fikrimizga quloq tutişlari kerak. Biz ham insonmiz, bizni hurmat qilişlari lozim. Eşitişimça, yaqinda Mirzo Uluğbek hokimligida hokim böyiça şikoyat qilişgan. U yerda nimadir yöl böylab qurilmoqda. Bizga muammolar kerak emas. Mening yoşim bir joyga borib qoldi. Olayotgan pensiyam dori-darmon va oziq-ovqatga bazör yetadi. Yaxşi kompensatsiya yoki xuddi şu tumandan yaxşi kvartira berişsin», - deya ta'kidlab ötdi u.
Odatda ijtimoiy muammolar jamoat taşkilotlari tomonidan hal qilinadi. Aynan şu bois Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov taşabbusi bilan mahalla fuqarolar yiğinlari taşkil etilgan.
Kun.uz muxbirlari «Sayram» mahalla fuqarolar yiğiniga ham borişdi.
«Buzilişlar böladi, hokimlikda menga hujjatlarni körsatişdi, ammo hozirça aniq ma'lumot yöq. Buziliş va odamlarni köçiriş qaçon boşlanişi ma'lum emas. Köça böylab yangi uylar paydo böladi. Bu boşlanişi bilan biz aholini yiğamiz hamda barçani xabardor etamiz», - dedi mahalla raisi A.Nizomiddinov.
Umuman olganda, vaziyat hozirça şunday. Odamlar buziliş haqida xabarlarni hali ham kutmoqda, sababi aniq ma'lumot yöq. Bundan taşqari, kimdir kompensatsiyani xohlayapti, boşqasi - yangi kvartira, uçinçisi esa - vaqtinçalik turar joy.
Umid qilamizki, hammasi qonun doirasida amalga oşiriladi va mahalliy aholi fikri hisobga olinadi.