Şu yil Mirzo Uluğbek tumani Temur Malik köçasidagi köprik rekonstruksiya qilinib, yöl kengaytirilgan, şuning hisobiga atrofdagi hovlilar buzilgan edi. Buning uçun mulkdorlarga kompencatsiya pullari töliq yoki qisman berilgan. Xususan, may oyida 50 ga yaqin fuqaroga yangi köp qavatli uylardan xonadon ajratilişi belgilangan. Lekin uylar bitgan bölsa-da, odamlar va’da qilingan xonadonlarni ololmayapti.

2024 yilning avgust oyida poytaxtning Mirzo Uluğbek tumani Temur Malik köçasi böylab yangi yöl ötkazgiç foydalanişga topşirilgan edi. Köçaning hozirgi qiyofasiga qaralsa, fuqarolar uçun köplab qulayliklar yaratilgan, yöl oldingidan kengaygan. Bu kengaytiriş uçun yöl böyida joylaşgan önlab kişilarning uylari kompencatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olinib, buzilgan.

Öşanda mutasaddilar kompencatsiya mablağlarini mulkdorlarga töliq yoki qisman bergan. Şuningdek, rasmiy kelişuvlarga asosan, 50 ga yaqin kişiga may oyida sobiq MIB hududida qurib foydalanişga topşiriladigan köp qavatli uylardan xonadon ajratilişi belgilangan. Oradan roppa-rosa 6 oy ötdi. Uy ham bitdi. Ammo xonadonlar egalariga topşirilmadi.

Muammosi hal etilmayotgan bir guruh fuqarolar Kun.uz'ga murojaat qildi.

“Aholi rozi bölib, mana şu joylarda uçastkalar buzildi. Bundan oldin, Toşkent şahar hokimligi tomonidan komissiya tuzilgan edi. Komissiya har bir xonadonga kirdi. Biz bilan şartnoma tuzgaç, uylar buzişga tayyorlandi. Kafolat xatlari berildi, uylar baholandi. Kimdir yarmini, kimdir hammasini berdi. Mutasaddilar kafolat xati orqali yangi köp qavatli uylardan xonadonlar berilişini aştişdi. Bunda kimgadir ikki xonali, kimgadir uç xonali xonadon va’da qilingan. Şu kungaça biz bu uyni kutib yaşadik. Quruvçi taşkilot hokimiyat bilan şartnoma tuzmagani, şuning uçun uy bera olmasligini aytyapti”, deydi Şavkat Yöldoşev.

Hozirda fuqarolarga va’da berilgan xonadonlar vaqtida topşirilmasligi ortidan turli noqulayliklar kelib çiqmoqda.

“Yangi köpriklarimiz yaxşi va çiroyli böldi, baland devor qurildi, lekin devorlar orqasidagi şaroitlar juda yomon holatda. Şularni yaxşilasa bölardi. Masalan, bir xil odamlar şaroit va kanalizatsiya bölmagani uçun uylarini taşlab, kvartira olib ketişdi. Bir xil odamlar esa yarim hovlisida qolib, hozirgi kungaça yomon şaroitda yaşab kelmoqda. Bizda ham xuddi şunaqa ahvol. Bir öğlim bilan men eski hovlimizda qolganman, bitta öğlimni kvartiraga çiqarganman. Endi öşa öğlimga mana şu ikki xonali kvartira olib berişim kerak edi”, deydi Mirhosil Fozilov.

Komila Jumayeva yetti oydan beri köçada sarson-sargardonligini bildirdi. Unga köra, hokimiyat tomonidan ijarada yaşab turişlari uçun ikki marta yordam puli berilgan. Keyin ularga heç qanday yordam berilmagan.

“Iloji bölsa, tezroq yordam berib, uyimizni hal qilişimizga yordam bersa. Juda ham qiynalyapman. Kvartirada yaşaş azob ekan, yolğizman. Temur Malik köçasi, 78-uyda turardim, yangi “dom”ning “G” blokidan 1 xonali, 5-qavat, 28-xonadonni berişdi. Kafolat xati ham şunaqa deb yozilgan, lekin heç natija yöq”, deydi Komila Jumayeva

Mulkdorlarga köra, mutasaddilarga qilingan murojaatlarga tayinli javob berilmagan.

“Muammolarimizni heç kim hal qilib bera olmayapti. Mirzo Uluğbek tuman hokimiyatiga, şahar hokimiyatiga va hatto prezident qabulxonalariga ham bir neça marta bordim, lekin natija bölmadi. Ötgan payşanba kuni Vazirlar Mahkamasigaça borib keldim.

Quruvçi va hokimiyat tomonidan muammo sabablari tuşuntirilmayapti. Odamlar sarson, men ota-onam bilan vaqtinçalik kvartirada turaman”, deydi Zahro Hamidova

Quruvçi taşkilot vakilining aytişiça, tuman hokimiyati mazkur köp qavatli uyni bunyod etiş uçun ma’lum miqdordagi pul mablağini ajratgan. Lekin keyin moliyalaştiriş töxtab qolgan. Quruvçi esa öz hisobidan qurilişni davom ettirgan.

“Buzilişga tuşgan fuqarolar röyxatini Toşkent şahar hokimligi berib, jami 47 nafar fuqaro uçun 116 ta xonadonni buyurtma qilgan. Buning uçun ularga ma’lum miqdorda pul mablaği taklif etganmiz, şundan hozirgaça bir qismi berilgan. Şundan beri hokimiyat bizga javob qaytarmadi. Ularga qolgan pul mablağini bering, keyin xonadonlarni egalariga topşiramiz demoqçimasmiz, faqatgina biz bilan şartnomasini yakunlasin, biz xonadonlarni tayyorlab qöyganmiz, ular sotilmay turibdi.

2-3 hafta oldin şahar hokimiyatiga borib keldim, hokim yordamçisi bilan uçraşdim, unga xonadonlar böyiça tegişli ma’lumot va hujjatlarni taqdim etdim, Ulardan haligaça biron javob kelmadi”, deydi quruvçi taşkilot vakili.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xodimi Kun.uz bilan suhbatda quriliş işlarini Avtomobil yöllari qömitasi olib borgani, ayni paytda töliq tuşuntiriş bera olmasligini ma’lum qildi.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.