Alisher Usmonovning boyligi miqdori ma'lum qilindi
AQShning Forbes nashri dunyoning eng boy odamlari reytingini yangiladi. Ro‘yxat nashr saytida e'lon qilingan.
Rossiyaliklar orasida eng badavlat odam «Novatek» boshqaruv raisi Leonid Mixelson bo‘lgan (dunyo reytingida 32-o‘rin). Uning boyligi 24 mlrd dollarga baholandi.
2-o‘rinni NLMK’ning asosiy egasi Vladimir Lisin 21,3 mlrd dollar (umumiy reytingda 45-o‘rin) bilan, 3-o‘rinni esa «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov 20,7 mlrd dollar bilan egalladi.
USM Holding asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov dunyo bo‘yicha 106-o‘rin (12,6 mlrd dollar), Rossiyada 9-o‘rinni egalladi (o‘tgan yili dunyo bo‘yicha 118-o‘rin va Rossiyada 10-o‘rinni egallagan edi).
Forbes Usmonov dastlabki daromadini plastik paketlardan qilganligini ta'kidlaydi. Bugungi kunda tadbirkorning eng yirik aktivi «Metalloinvest» metallurgik gigantidagi ulushi hisoblanadi. Usmonov, shuningdek, Facebook’ga birinchilardan bo‘lib investitsiya kiritgan, Xiaomi va boshqa telekommunikatsion kompaniyalarning aksiyalari egasidir.
Alisher Usmonov 2018 yilda «Arsenal» futbol klubidagi 30 foiz ulushini 700 million dollarga sotgandi.
Biroz avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonov Namanganda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 50 million dollar miqdorida beg‘araz yordam ajratganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 04.11.2024
Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan tergov to‘xtatildi
20:49 / 29.10.2024
Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lishi mumkin
20:12 / 29.10.2024
TikTok asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
15:10 / 14.10.2024