O‘zbekiston | 18:47 / 06.03.2019
18534
12 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son, 2018 yil 30 oktyabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564-son farmonlari va 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga muvofik, shuningdek, charm va qorako‘l mahsulotlarini eksport qilishda ruxsat berish tartib-taomillarining qisqartirilayotganligi munosabati bilan qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas'uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1154-son Farmoni 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 20 apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valuta nazorati to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida:

birinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlandi;

to‘rtinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha birinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni 3-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, eng kam ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Ko‘rsatilgan hajmdan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar to‘g‘risida”gi PF-1652-son Farmoni 1-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “600” raqami “400” raqami bilan almashtirildi;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb xisoblandi;

uchinchi xatboshidagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 11 iyundagi “Qorakalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3090-son Farmoni 1-bandida birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“1. Belgilansinki, ustav jamg‘armasining miqdori kamida 200 mln so‘m bo‘lgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qorakalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi”;

ikkinchi xatboshidagi “75 ming AQSh dollaridan” so‘zlari “200 mln so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 iyundagi “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3270-son Farmoni 4-bandi “inkassatsiya qilish” so‘zlaridan keyin “(banklarga topshirish)” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4354-son Farmoni 6-bandi beshinchi xatboshisidan “eng kam ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-son Farmoni 3-bandidagi “41” raqami “33” raqami bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-son karorida:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi “inkassatsiya qilinishi” so‘zlaridan keyin “(banklarga topshirilishi)” so‘zlari bilan to‘ldirildi;

b) 5-bandda:

uchinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“inkassatsiya qilishda qabul qilingan sxemaning so‘zsiz bajarilishi, respublika hududlarida inkassatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin”;

to‘rtinchi xatboshi “inkassatsiya qilingan” so‘zlaridan keyin “(banklarga topshirilgan)” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta'minlash kafolatlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarorida 6-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

tijorat banklarini ularning filiallari buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida, shu jumladan hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg‘armalari va aylanma kassa mablag‘lari hisobidan naqd pul mablag‘lari bilan cheklanmagan miqdorda ta'minlasin;

naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta'minlashni nazarda tutgan holda respublika hududlari o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirsin”;

7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 27 martdagi “Naqd pul mablag‘larini jalb qilish va unga bo‘lgan ehtiyojni ta'minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-822-son qarorida:

a) 1 -band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

mijozlarning nakd pulga bo‘lgan talablarini ta'minlash uchun tijorat banklari kassalarida naqd pullar yetarliligi bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatsin;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalari orqali tumanlar (shaharlar) o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlash ishlarini amalga oshirsin;

tijorat banklarini ularning filiallari buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida, shu jumladan hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg‘armalari va aylanma kassa mablag‘lari hisobidan naqd pul mablag‘lari bilan cheklanmagan mikdorda ta'minlasin”;

b) 3-bandda:

birinchi xatboshidan “bir oy muddatda” so‘zlari chiqarib tashlandi;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etildi:

“inkassatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish;

aholidan kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qiluvchi o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank uskunalari (infokioskalar, bankomatlar) tarmog‘ini kengaytirish, bank xizmatlariga bo‘lgan talab va o‘zini qoplashini hisobga olgan holda maxsus kassalarni tashkil etish”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Ozik-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “har kuni inkassatsiya qilinishi shart” so‘zlari “inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi)” so‘zlari bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 29 yanvardagi “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1913-son qarori 3-bandidan uchinchi xatboshi chikarib tashlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 24 dekabrdagi PQ-2095-son karori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlari tarifining rus tilidagi matni 4-moddasida:

quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“- do trex let 350 dollarov SShA”;

o‘n oltinchi-o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘n yettinchi- yigirmanchi xatboshilar deb hisoblandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarori 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish” so‘zlari “inkassatsiya qilish (banklarga topshirish)” so‘zlari bilan almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693-son qarorida:

3-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“5. Belgilab ko‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orkali charm xomashyosi (nostandartlari ham kiradi), momiq mo‘yna xomashyosi, shu jumladan korako‘l (nostandartlari ham kiradi) xomashyosini (TIF TN bo‘yicha 4101-4107, 4112 00 000 0-4114, 4301-4302 kodlari) olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati karorlari asosida amalga oshiriladi;

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali charm va momiq mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”;

4-band ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda undiriladigan yig‘imdan tushadigan barcha mablag‘lar”.

Mavzuga oid