“Zargarlik buyumlarini işlab çiqariş sohasini yanada rivojlantiriş va ularning raqobatbardoşligini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra:

  • 2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toşkent şahrida ikkita zargarlik markazlari taşkil etiladi;
  • zargarlik markazlarida tadbirkorlik sub’yektlari uçun zarur infratuzilma yaratiladi;
  • 2025 yil yakunigaça qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik hamda boşqa buyumlarning yillik işlab çiqariş hajmlari 1 milliard AQŞ dollariga va eksport körsatkiçi 100 million AQŞ dollariga yetkaziladi.

2025 yil 1 yanvargaça zargarlik markazlarini taşkil etiş uçun davlat köçmas mulk obektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bölgan holda tadbirkorlik sub’yektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bölib-bölib tölaş şartlarida realizatsiya qiliş çoralari köriladi.

Farmonga muvofiq taşkil etiladigan zargarlik markazlaridagi işlab çiqaruvçilarga qimmatbaho metallarni keçiktirib tölaş şarti bilan sotişda:

  • 90 kun içida amalga oşirilgan tölovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;
  • 91-kundan boşlab 180-kungaça amalga oşirilgan tölovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.