O‘zbekiston | 21:50 / 06.03.2019
16834
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika sud ekspertizasi markaziga yangi direktor tayinlandi

Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Xudoyor Teshayevich Mamatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan.

Adliya vazirining 2019 yil 6 martdagi buyrug‘i bilan Akram Utamurodovich Xalilov Respublika sud ekspertizasi markazi direktori lavozimiga tayinlangan.

Akram Xalilov
Foto: Adliya vazirligi

Akram Xalilov shu kungacha Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bundan avvalroq, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Salohiddin Samadovich Nuriyev Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘iga aylangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid