Jahon | 22:06 / 08.03.2019
15398
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Kubada nikohsiz tug‘ilgan uch farzandini tan olishga tayyorligini bildirdi

Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona Kubadagi uch farzandining otasi ekanligini tan olmoqchi. Bu haqda uning advokati Matias Morla ma'lum qildi.

“Uning Kubada ikki ayoldan uch farzandi bor. Ular hozircha yuridik tan olinmagan”, deb aytgan Morla Trece telekanali efirida.

Maradona DNK testlari yordamida otaligi tasdiqlanishi bilan farzandlarini tan olishga tayyor.

Advokatning ta'kidlashicha, Diyego o‘z farzandlari bilan aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. Agar ular futbolchining farzandlari ekanligi aniqlansa, unda Maradonaning tan olgan farzandlari soni 8 nafarga yetadi. 

Maradona Kubada 2000 yildan 2005 yilgacha ma'lum tanaffuslar bilan yashagan va u yerda giyohvandlikdan davolangan.

Ayni vaqtda Maradona Meksikaning “Dorados” klubiga murabbiylik qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid