Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 500 MVtli shamol elektrostansiyasi qurmoqchi
BAAning Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 500 MVtli shamol elektrostansiyasi qurmoqchi. Bu haqda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan iqtisodiy, savdo va texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-BAA hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ma'lum bo‘ldi.
«Masdar kompaniyasining davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 500 MVtli shamol elektrostansiyasi qurish loyihasi O‘zbekiston tomonida katta qiziqish uyg‘otdi», – dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev.
Masdar energetika kompaniyasi va O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida 2018 yil oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-BAA biznes-forumi doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolangandi.
Shuningdek, G‘aniyev O‘zbekiston BAA Energetika vazirligining Mubadala Utilities kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikada elektrostansiyalar qurish va mavjud energetika obektlarini xususiylashtirish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Masdar qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida dunyo bo‘yicha 20ga yaqin loyihani amalga oshirgan. Kompaniyaning eng yirik loyihasi BAAda 2030 yilda quriladigan 5GVTli quyosh elektrostansiyasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025