Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduchasiga: U «Yuve»ning orzusini ko‘mgandi, endi uni tiriltiradimi?
12 martdan 13 martga o‘tar kechasi Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasida yana ikki javob uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu oqshomda portugaliyalik yulduz jamoasi bilan keyingi bosqichga chiqish uchun yana bir urinib ko‘radi.
Yuventus – Atletiko
12 mart. Turin. «Yuventus» stadioni. 01.00.
Yo‘qotishlar: Aleks Sandro (diskval.), Duglas Kosta, Xedira (ikkisi – jarohat) – Diyego Kosta, Partey (ikkisi – diskval.), Filipe Luis, L.Ernandes (ikkisi – jarohat)
Hakam: Kaypers (Niderlandiya).
Birinchi o‘yin - 0:2.

Keyingi yillarda Ronaldu kamida 3 marta o‘zining eng sevimli yevrokubogida g‘alabalarni nishonlab, «Yuventus» muxlislarining orzusini armonga aylantirgandi.
O‘tgan yili ham bu ikki marta ro‘y bergandi. Avvaliga Turindagi o‘yinda afsonaviy chalqancha zarbasidan keyin mezbon jamoa muxlislari ham «Real» hujumchisini olqishlashgandi. Keyin Madriddagi javob o‘yinida o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Krishtianu Ronaldu penalti zarbasini aniq ijro etib, jamoasini turnir yarimfinaliga olib chiqqandi. U 2016-17 yilgi mavsum finalida, Kardiffdagi o‘yinda ham «Yuventus» darvozasini ikki bor ishg‘ol etib, yirik hisobdagi g‘alabani ta'minlagandi (4:1). Umuman, bu futbolchi turinliklar jamoasini «dafn qilish» bo‘yicha katta tajribaga ega.
Nihoyat endi u o‘zining futboldagi «sehri»ni turinliklar uchun ishlatishiga imkon tug‘ildi - undan endi «Yuve»ning orzularini tiriltirish so‘raladi. Madridda «Atletiko»dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib qaytgan jamoani bugun ronalduchasiga gollar qutqarishi mumkin. Turin shunga umid qilmoqda.
Golsiz tanaffus
Turinliklar mo‘jizaga ham, Ronalduga ham umid qilishmoqda. Portugaliyalik yulduz aynan YeChL uchun Turinga olib kelingan - undan «Yuve»ning yevrokuboklardagi omadsiz seriyasini to‘xtatish talab etiladi. Turinliklar Chempionlar ligasi finalida 9 marta o‘ynagan va faqat 2 marta g‘olib chiqqan, oxirgi g‘oliblik 1996 yilga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumning nimchorak finaliga qur'a tashlanganida bu juftlikda turinliklar favorit sifatida ko‘rsatilgandi, ammo Ispaniya poytaxtidagi birinchi o‘yin o‘sha vaqtdagi taxminlarning oyog‘ini osmondan qildi. «Yuventus» fevral oyidagi o‘sha mag‘lubiyatdan keyin A Seriyada uch o‘yin o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozondi va ichki chempionatdagi eng yaqin ta'qibchisi bilan oradagi farqni juda yiriklashtirib yubordi - mavsum yakuniga 11 tur qolgan bir paytda ikkinchi o‘rindagi «Napoli» peshqadamdan 18 ochko ortda qolib ketgan. Qiziq tomoni, Ronaldu bu vaqt mobaynida bitta ham gol urmagan, u o‘tgan hafta oxirida «Udineze»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda asosiy tarkibning boshqa futbolchilari qatorida dam oldi, uning golsiz seriyasi qariyb bir oyni tashkil qilmoqda, u oxirgi marta 16 fevral kuni «Frozione»ga qarshi o‘yinda (3:0) darvozani ishg‘ol qilgandi.
Bu tanaffusni to‘xtatish uchun bundan yaxshiroq vaqt yo‘q - Krishtianuning gollari bu oqshomda Turin uchun har qachongidan ko‘ra ko‘proq zarur.
Het-trik uchun yurish
Ronaldu Turinga kelganidan buyon oq-qora futbolkada biror marta het-trik qayd etmadi. Unda dubllar bo‘ldi, qizil kartochka bo‘ldi, hatto bir o‘yinda 3ta golga assistentlik qildi, u yangi jamoasida ko‘proq jamoa uchun o‘ynay boshladi. U o‘z to‘purarlik qobiliyatini kelajak uchun asrab qo‘ygandek.
Futbolda ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Ha, «atletlar» - himoyaviy o‘yinni yaxshi shakllantirgan jamoa, bu himoyachilar ortida esa jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri Yan Oblak turadi. Ammo bu mavsumda madridliklar raqiblarga o‘z darvozalariga uch yoki undan ko‘proq gol urishga yo‘l qo‘yib berishdi (va bir martagina emas).
Shu bilan birgalikda, Diyego Simeone jamoasi xuddi «Yuve» kabi YeChL omadsizi hisoblanadi. Bu jamoa keyingi 3 yilda ikki marta finalda yutqazgan - bu ko‘p narsaga dalolat qiladi, Turindagi o‘yin «Atletiko» futbolchilari uchun ham «hayot-mamot» o‘yiniga aylanadi.
«Shalke» - YeChLni ham, Bundesligani ham tark etishga nomzod

Manchester Siti – Shalke
12 mart. Manchester. «Etihad» stadioni. 01.00
Yo‘qotishlar: Otamendi, Fernandinyu (ikkisi – diskval.), Aguero, Bravo, De Breyne, Kompani, Stounc (barchasi – savol ostida) – Kalidjuri, Shepf (ikkisi – jarohat), Maskarel (savol ostida).
Hakam: Tyurpen (Fransiya).
Birinchi o‘yin – 3:2.
«Shaharliklar» Gedzenkirxendagi o‘yinda 5 daqiqa ichida o‘yinni o‘zgartirib yuborib, nemislar sensatsion ravishda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymagandi. Bu o‘yindan keyin Domeniko Tedesko shogirdlari ichki chempionatda yana 3 marta og‘ir zarba qabul qilib olishdi: «Mayns» va «Verder»ga safarda 0:3 va 2:4 hisoblarida mag‘lub bo‘lgan jamoa o‘z uyida «Fortuna»dan ham 4 gol o‘tkazdi - 0:4. Ayni vaqtda jamoa Bundesliga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi esa bu vaqt oralig‘ida «Chelsi»ni Angliya Ligasi Kubogi uchun kechgan final o‘yinida penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, APLda esa «Vest Hem» (1:0), «Bornmut» (1:0) hamda «Uotford» (3:1) mag‘lub etilib, jamoa «Liverpul»ning ochko yo‘qotishlaridan foydalangan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Bu o‘yin arafasida nemislar «Siti»ni yengib, chorakfinalga yo‘l olishini taxmin qilish uchun birorta asos mavjud emas, «Shalke» bosh murabbiyi bu o‘yindan keyin iste'foga chiqarilishi ehtimoli yuqori. Gvardiola esa Kloppdan farqli ravishda YeChL uchun kurashni osonlik bilan to‘xtatishga rozi bo‘ladigan murabbiy emas.
1/8 final. Birinchi o‘yinlar
12 fevral, seshanba
«Roma» – «Portu» 2:1
«Manchester Yunayted» – «PSJ» 0:2
13 fevral, chorshanba
«Tottenhem» – «Borussiya» D 3:0
«Ayaks» – «Real» 1:2
19 fevral, seshanba
«Lion» – «Barselona» 0:0
«Liverpul» – «Bavariya» 0:0
20 fevral, chorshanba
«Atletiko» – «Yuventus» 2:0
«Shalke» – «Manchester Siti» 2:3
Javob o‘yinlari
5 mart, seshanba
«Borussiya» D – «Tottenhem» 1:0
«Real» – «Ayaks» 1:4
6 mart, chorshanba
«PSJ» – «Manchester Yunayted» 1:3
«Portu» – «Roma» 3:1
12 mart, seshanba
«Yuventus» – «Atletiko»
«Manchester Siti» – «Shalke»
13 mart, chorshanba
«Barselona» – «Lion»
«Bavariya» – «Liverpul»
Mavzuga oid
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026