Xalqaro agentlik tomonidan «Ravnaq-bank» reytingi «V-/V» darajasiga ko‘tarildi
O‘zbekistonda 18 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan «Ravnaq-bank»dan ajoyib yangilik. S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi «Ravnaq-bank» xalqaro moliyaviy reytingini «barqaror» istiqboli bilan «V-/V» darajasiga ko‘tardi.
Endilikda «Ravnaq-bank» yangi kredit reytinglari bilan o‘z faoliyati samaradorligini yanada oshirib, xorijiy moliya tashkilotlari, xalqaro korporatsiyalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniga egadir. Shuningdek, yangi pog‘onaga ko‘tarilish bank mijozlari ishonchini yanada orttirishga yordam beradi.
Ma'lumot o‘rnida: Standard & Poor’s – Amerikaning McGraw-Hill korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan, moliya bozorlarini tahliliy tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi agentlikdir. Kompaniya jahonning eng nufuzli xalqaro reyting agentliklari uchtaligiga kiradi.
S&P Global Ratings reytinglari korporatsiya yoki hukumatning hududiy organlariga o‘z vaqtida, to‘liq hajmda moliyaviy majburiyatlarini bajarishlari bo‘yicha taklif va maslahatlarni beradi. Shuningdek, dunyo bo‘ylab kompaniyalarga emitent xususiyatlari hamda tayyorlash haqida ham fikrlarini bayon etadi.
Telegram: t.me/ibankuz
Instagram: instagram.com/ravnaqbank_uz
Feysbuk: fb.com/ravnaqbank
Sayt: www.ravnaqbank.uz
Reklama huquqi asosida