Telegram’ning foydalanuvchilari soni bir kun ichida odatdagidan 10 barobarga ko‘paydi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ma'lum qilishicha, oxirgi 24 soat ichida dasturda 3 mlndan ko‘proq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Odatda messenjerning foydalanuvchilari soni kuniga o‘rtacha 300 mingga, oyiga 9 mlnga ko‘payadi. Durov yangi foydalanuvchilarni qarshilab, “Bizda haqiqiy maxfiylik va barcha uchun cheksiz hudud mavjud” deb aytgan.
Durov bunday o‘sishning sababini aytmagan, biroq bu 13 mart kuni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari ishlashida yuz bergan texnik nosozlik bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. O‘shanda foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga to‘liq yoki qisman kira olishmagan: Instagram tasmasini yangilab bo‘lmagan, Facebook’da surat yuklab bo‘lmagan va yozishib bo‘lmagan. Instagram 14 mart kuni odatdagidek ishlay boshlagan, Facebook’da hali ham muammolar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 31.12.2024
Pavel Durov rus media kanallariga Yevropa Ittifoqi sanksiya kiritganini tan oldi
21:30 / 30.12.2024
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
00:26 / 29.12.2024
Yevropada bir qator Rossiya ommaviy axborot vositalarining Telegram kanallari bloklandi
18:26 / 23.12.2024