The Royal Mezbon: Toshkentda yangi ish boshlagan shinam va zamonaviy mehmonxona xorijliklarning e'tiborini tortmoqda
Mazmunli hordiq chiqarishda eng muhim narsa – bu to‘g‘ri mehmonxona tanlovidir. Munosib mehmonxona sizning har qanday sayohat-u safaringizni yoqimli o‘tishini kafolatlaydi.
2019 yilning boshida ishga tushgan yangi mehmonxona – The Royal Mezbon ham o‘zining shinamligi, bejirim dizayni hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan har qanday nozikta'b mehmonni xushnud eta oladi. Biz ushbu yangi binoni yaqindan o‘rganish maqsadida maxsus fotoreportaj tayyorlashga qaror qildik.
Mehmonxona ichiga kirar ekansiz, yorqin, o‘zgacha uslubda bezatilgan mehmonlar kutish zali e'tiboringizni tortadi. Chinakam estetik did bilan bezatilgan foye, nafis qandillar,tarixiy qadamjolarimizni aks ettiruvchi devoriy suratlar hamda milliy arnamentlar zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashgan holda hech bir “besh yulduz” maqomidagi mehmonxonalardan qolishmaydi.
Qulay joylashuv
Mehmonxona Toshkent markazidan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan bo‘lib, vokzal hamda aeroportdan qisqa vaqt ichida tashrif buyurish mumkin. Bu esa olis manzillardan charchab kelayotgan mehmonlarga yanada qulaylik yaratadi.
Shuningdek, shoping qilish istagida bo‘lgan mehmonlar shahar savdo markazlari hamda bozorlarga bir zumda osongina yetib olishadi.
Poytaxtning gavjum va shovqinli yeridan xoli bo‘lgan holda bu maskanda sokin va osoyishta tunni o‘tkazish va miriqib dam olish imkoni mavjud.
Mo‘'jazgina restoran
Mehmonxonaning «Manzur» nomli restoranini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Sababi, zalning yorqin intereri, did bilan bezatilgan dasturxon har qanday mijozning ko‘nglini shod etib, ko‘tarinki kayfiyat ulashadi. Shuningdek, xonaning tabiiy ekzotik gullar bilan uyg‘unlashuvi kishiga o‘zgacha zavq baxsh etadi.
Mehmonlar kunning istalgan vaqtida restoranga tashrif buyurib, mazali taomlardan bahra olishlari va bir piyola qahva yoki choy ustida hordiq chiqarishlari mumkin. Taomlar «Shvedcha stol» uslubida tortiq etiladi. Ta'kidlash joizki, bu yerda o‘z ishining mohir ustasi bo‘lgan malakali oshpazlar faoliyat olib boradi.
Xonalar turlari
The Royal Mezbon mehmonlar xohishi va ta'biga ko‘ra, to‘rt xil toifadagi xonalarni taqdim etadi:
LYuKS (LUX) xona –chinakamiga shohona dam olishini istagan mehmonlar uchun maxsus xona. Bu yerda yotoqxona hamda dam olish xonasi mavjud bo‘lib, vanna, telefon, televizor va muzlatgich bilan jihozlangan.
POLULYuKS (DELUXE) – mazkur xona o‘zining betakror feruzarang dizayni bilan har qanday mijozni o‘ziga jalb eta oladi. Keng va shinam xonada zarur bo‘lgan maishiy texnikalar hamda dush kabinasi mavjud.
TVIN (TWIN) – ikki kishi uchun mo‘ljallangan xona bo‘lib, dush kabinasi, televizor, mini-barga ega.
STANDART DABL (STANDART DOUBLE) – bu katta karavot bilan jihozlangan, odatiy xona. Bu yerda ham mehmonlar qulayligi uchun dush kabinasi, mini-bar hamda televizor o‘rnatilgan.
Barcha xonalar zamonaviy tendensiyalarga asoslangan holda o‘zgacha dizayn bilan bezatilgan. Shuningdek, belgilangan narxlar ham mijozlarni qoniqtirishi aniq. Katta jamoadan iborat mehmonlar uchun maxsus chegirmalar ham mavjud.
Bazm va marosimlar uchun
Shuningdek, mehmonxona restoranida siz turli bazm-ziyofatlar, tug‘ilgan kun marosimlari yoki ish bo‘yicha biznes-uchrashuvlar, korporativ bayramlarni ham tashkil etishingiz mumkin. Buning uchun siz mehmonxonada yashayotgan bo‘lishingiz shart emas. Shinamgina restoranda nishonlanadigan har qanday tadbir unutilmas lahzalarni hadya etishiga va kuningiz haqiqiy bayramona ruhda o‘tishiga ishonamiz.
Qo‘shimcha xizmat turlari
Bu yerda har bir xodim o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondoshgan holda mijozlarning mehmonxonada o‘tgan har bir kuni yoqimli va ko‘ngildagidek o‘tishi uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga harakat qiladi.
Mehmonxonada bepul Wi-Fi, trenajyor zali hamda avtomobillar uchun parkovka ham mavjud.
Shuningdek, mehmonlar uchun taksi xizmati joriy etilgan bo‘lib, aeroportdan olib kelish va kuzatib qo‘yishni hamda istalgan manzilga yetkazib qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Mijozlar e'tirofi – har narsadan ustun
Yangi va yosh bo‘lishiga qaramay, mehmonxona ko‘plab mijozlarning ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Qozog‘istondan biznes muzokaralarini o‘tkazish maqsadida tashrif buyurgan mehmon bilan suhbatda bo‘lganimizda, u xizmat sifati a'lo darajada ekanligi, dam olish hamda shahar bo‘ylab aylanish uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, mehmon taomlarning mazasiga ham yuqori baho berdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri o‘ziga xos bejirim dizaynga ega bo‘lgan The Royal Mezbon mehmonxonasining suratlarini Germaniyadagi nufuzli xalqaro mehmonxonalar ko‘rgazmasida namoyish etishini ham alohida qayd etish kerak.
Agarda siz avvaldan xonalarni bron qilish niyatida bo‘lsangiz, mehmonxona sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
The Royal Mezbon mehmonxonasi xorijlik va respublikamiz barcha hududlaridan tashrif buyuruvchi mahalliy mehmonlarga uzoq yillar davomida yuqori darajali xizmat ko‘rsatishiga ishonamiz.
Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 41B
Murojaat uchun telefon: +99871 2077337; +99871 2077447
Instagram: mezbon_uz
Facebook: The Royal Mezbon
Telegram: t.me/mezbon_hotel
Email: mezbon.uz@gmail.com