20:41 / 16.03.2019
8555

Andrey Fyodorov: «Raqib uchta goldan tashqari yana qanday vaziyat yarata oldi?»

«Paxtakor» - «Lokomotiv» o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning birinchi qismida «Temiryo‘lchilar» ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi.

«Avvalo «Paxtakor»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Gollarni biz o‘z xatolarimiz evaziga o‘tkazib yubordik. Bu aynan kimningdir emas, butun jamoaning xatolari bo‘ldi. Hali birinchi tur va xatolarimizni tuzatishga harakat qilamiz.

Ikkinchi bo‘lim avvalida gol o‘tkazib yuborayotganimiz jismoniy holat bilan bog‘liq emas. Bu biz o‘yinning ikkinchi qismiga yetarli darajada chog‘lanish bilan chiqmaganimizni ko‘rsatadi.

Raqib o‘yinda to‘liq ustun bo‘ldi deb o‘ylamayman. «Paxtakor» uchta goldan tashqari yana qanday vaziyatlar yaratdi? Bitta golni penaltidan urishdi, ikkita qarshi hujumdan. Ularda yana qanday imkoniyatlar bo‘ldi?

Mening xatolarim? Albatta, bor. Ishlamagan odamgina xato qilmasligi mumkin»,- deydi Fyodorov.

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top