18:32 / 17.03.2019
3222

​Jazoirda yangi hukumat shakllantirilmoqda. Namoyishchilar prezident iste'fosini talab qilyapti

Foto: Getty Images

Jazoir Bosh vaziri lavozimiga yangi tayinlangan Nuriddin Bidui hukumat tarkibini «toza»lashga kirishdi. U yangi hukumatni shakllantirish har qanday siyosiy ta'sirlardan xoli bo‘lishini uqtirmoqda. 

​Mamlakat poytaxtida esa hukumat va davlat rahbariga qarshi qaratilgan namoyish jiddiy tus oldi. Ko‘chalarni to‘ldirib, 82 yoshli prezident Abdul Aziz Buteflika iste'fosini talab qilayotgan omma uning beshinchi marta prezidentlik saylovida qatnashishidan norozi bo‘lmoqda. Uning o‘zi esa insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Mamlakatda yuz berayotgan jarayonlar fonida tajribali diplomat Lahdar Braximi hokimiyat almashinuvini qonsiz hal etishga urinmoqda.

Aprelda o‘tkazilishi kutilayotgan prezidentlik saylovi bekor qilinganiga qaramay, namoyishchilar tinchlanmadi: ular saylovning qayta o‘tkazilish sanasi e'lon qilinishi talab qilmoqda. Hodisalar rivoji bo‘yicha eng kamida 75 nafar aholi vakili qo‘lgan olingani aytilmoqda, 11 nafar politsiyachi esa jarohat olgan.

Top