Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQShning Suriya bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi
AQSh rasmiylari Suriyada mingga yaqin harbiy xizmatchi qoldirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Wall Street Journal manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh, xususan, «Turkiyaning kurdlarga hujum qilish bo‘yicha tahdidlariga qaramasdan», kurd tuzilmalari bilan birga ishlashni davom ettirish niyatida.
O‘z navbatida, AQSh shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Jozef Danford Pentagonning Suriyada mingga yaqin harbiy xizmatchini qoldirish rejalari haqidagi xabarlarni rad etdi, deya ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».
Harbiy mahkamadan ma'lum qilishlaricha, fevral oyida e'lon qilingan, «Amerika qo‘shinlarini doimiy joylashtirish joylariga olib chiqib ketish» to‘g‘risidagi rejalar o‘zgartirilmagan.
«Turkiya-Suriya chegarasi bo‘ylab Turkiyaning xavfsizlik muammolariga yechim topish uchun Turkiya bosh shtabi bilan batafsil harbiy rejalashtirishni davom ettiramiz», - deyiladi xabarda.
Bundan oldin, xalqaro hamjamiyat Suriyaga 7 milliard dollar yig‘ib bergandi.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026