Jahon | 20:36 / 18.03.2019
9413
2 daqiqa o‘qiladi

Putin hukumatni hurmat qilmaydiganlar jazolanishi nazarda tutilgan qonunni imzoladi

Foto: kremlin.ru

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin soxta xabarlar (fake news) tarqatuvchisi, hukumatga hurmat munosabatida bo‘lmagan jismoniy yo yuridik shaxslarni oshirilgan koeffitsiyentda jazolashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Ma'lum qilinishicha, qonun yetti kundan so‘ng kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, soxta xabar tarqatgani uchun jarima 30 mingdan 100 ming rublgacha belgilanishi mumkin. Shuningdek, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish vositasi ham musodara etilishi ko‘zda tutilgan. Yuqori lavozimda faoliyat olib boruvchi shaxs shu ishga qo‘l ursa, jarima 200 ming rublgacha belgilanishi ta'kidlanmoqda.

Bundan tashqari, ommaviy tartibsizliklar, osuda hayotni salbiy o‘zgartiruvchi asossiz xabarlarni tarqatgani uchun jarima miqdori 1 million rubldan oshirildi.

An'anaviy matbuot va saytlar qoidaga rioya qilmagan holda ogohlantiriladi va xabarning batamom o‘chirilishi so‘raladi. Rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan saytlar bilan ushbu holat yuz bersa, ularga ogohlantirishsiz cheklov qo‘yiladi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid