Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq Bosh prokuror Qodirovning o‘g‘li hamon qidiruvda
O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uning shaxsi qidiruvga berilgan.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 1974 yili tug‘ilgan Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») 2-qismi «a» bandi, 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi («Firibgarlik») 3-qismi «a» bandi, 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanadi.
OAV xabariga ko‘ra, kichik Qodirov Yevropa davlatlaridan birida, xususan Ispaniyada bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Alisherbekning otasi, 15 yil davomida Bosh prokuraturani boshqargan Rashid Qodirov 2015 yili lavozimidan bo‘shatilgandi. U 2018 yil 22 fevralda Toshkent shahrida qo‘lga olingan va tergov figuranti sifatida so‘roq qilingan. Sobiq Bosh prokuror ham turli ko‘rinishdagi jinoyatlarni sodir etishda ayblanadi.
Mavzuga oid
21:55 / 08.01.2026
Bola bog‘chada va boshlang‘ich ta’limda o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi kerak - Alisher Qodirov
10:57 / 03.01.2026
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
11:20 / 24.11.2025
Hukumatni tanqid qilish havoda “negativ zarralar” miqdorini oshiradi - Alisher Qodirov
16:22 / 10.07.2025