Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev iste'fosini e'lon qilishdan avval Putin bilan gaplashgan
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iste'foga chiqishini e'lon qilishdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashgan. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Bugun kunduzi Vladimir Putin hamda Nursulton Nazarboyev telefon orqali gaplashishdi. Biroq hozircha suhbat mavzusini oshkor qila olmaymiz»,- deya Peskovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «RIA Novosti».
Bugun Qozog‘istonni qariyb 30 yildan buyon boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev davlat rahbari vakolatlarini topshirdi. Qozog‘iston prezidenti vazifasini vaqtincha Qozog‘iston Senati spikeri Qosim-Jo‘mart Tokayev bajarib turadi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026