Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada uch kishini o‘ldirgan shaxs Zominda qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i va ikki nafar o‘gay farzandini o‘ldirishda gumon qilingan shaxs Zomin tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«2019 yil 17 mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xushro‘y ko‘chasi, 13-uyda yashagan N.A. (ayol kishi, 1972 yilda tug‘ilgan) va uning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari H.N. (1994 yil) va Sh.N. (1995 yil)larning murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilgan.
Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borgan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida xonadonga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) ashyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar ko‘zdan kechirilganida, ushbu qotillik jinoyati N.A.ning sha'riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i I.X. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchi I.X. Zomin tumanida qo‘lga olingan», deyilgan xabarda.
I.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
14:21 / 06.11.2025