Sport | 19:48 / 21.03.2019
10639
2 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: O‘zbekiston OTJ ilk rasmiy o‘yin arafasida

Ertaga, 22 mart kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘zining bosh maqsadi – 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ilk qadamni tashlaydi. Lyubinko Drulovich qo‘l ostidagi jamoa Osiyo chempionati U-23 saralashi doirasida Hindiston olimpiyachilariga qarshi maydonga tushadi.

Saralashning «F» guruh bahslari Toshkentda, «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston OTJ 22 martda Hindiston, 26 mart kuni Tojikiston termalari bilan bahs olib boradi. Orada, 24 mart kuni Tojikiston–Hindiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar soat 17:00da boshlanadi.

Guruh g‘olibi, shuningdek, 11ta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblaridan 4tasi 2020 yil yanvarida Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l oladi. Ushbu musobaqada eng yuqori 3ta o‘rinni olgan terma jamoalar Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Tribuna.uz fotomuxbiri O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining «Milliy» stadioni qoshidagi maydonda o‘tgan o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlaridan fotogalereya tayyorladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, Tojikiston va Hindiston termalari bosh murabbiylarining musobaqa oldidan matbuot anjumanida bildirgan fikrlari keltirib o‘tilgandi.

Mavzuga oid