Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston “Bir kamar – bir yo‘l” forumini yana boykot qildi
Foto: EPA
Hindiston Xitoy raisi Si Tszinpinning tashabbusi “Bir kamar – bir yo‘l”ning navbatdagi forumini yana boykot qildi. Bu haqda Hindistonning Xitoydagi elchisi Vikram Misriga iqtibos keltirgan holda “Amar ujala” hind nashri xabar berdi.
Misri Hindistonning forumdagi ishtiroki haqidagi savolga javoban “Birorta davlat suverenitet va hududiy yaxlitlikning bosh tamoyillariga zid bo‘lgan tashabbusda ishtirok etmaydi”, deb aytgan. Uning aytishicha, “Nyu-Dehli bu dastur bo‘yicha o‘z pozitsiyasini Xitoy yetakchilariga bir necha bor yetkazgan, shu sababli Hindiston rahbariyatining qarori Pekin uchun syurpriz bo‘lmaydi”.
“Bir kamar – bir yo‘l” dasturidan maqsad Yevrosiyoda transport infratuzilmasini rivojlantirish hisoblanadi. Dastur o‘z ichiga “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” va “XXI asr dengiz yo‘li” loyihalarini olgan. “Bir kamar – bir yo‘l”ning birinchi forumi 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan.
Forum aprelda bo‘lib o‘tadi, unda 40 ga yaqin davlat yetakchilari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026