Ektor Kuper: «Urugvayga qarshi o‘yinni tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz»
China Cup 2019 xalqaro turniri doirasidagi O‘zbekiston – Urugvay (0:3) o‘yinidan so‘ng, Ektor Kuper o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, yutqazdik. Urugvay milliy jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida juda yorqin taassurot qoldirgandi. Oskar Tabares shogirdlari FIFA reytingida yuqori o‘rinlarda borishmoqda. O‘yinning dastlabki daqiqalarida gol o‘tkazib yubordik. Keyin hisobni tenglashtirishga harakat qildik.
Raqib birinchi bo‘limda to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik. To‘pni ko‘proq o‘zimizda ushlab turishga intildik. Ammo raqibning tajribasi baribir o‘z so‘zini aytdi. Urugvay kabi kuchli milliy jamoalarga qarshi o‘yin biz uchun jahon chempionati saralashi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Kecha Xitoy - Tailand o‘yinini ko‘rdim. Xitoy mag‘lubiyatga uchradi. Fabio Kannavaro Xitoy milliy jamoasiga yaqinda tayinlangan edi. Shu sababli hozircha uning ishiga baho berish qiyin.
Futbolda turli natija ro‘y beradi. G‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon. Barcha natijani qabul qilishga tayyor bo‘lish zarur. Biz Urugvayga qarshi o‘yinni tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ish olib boramiz. Kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Endi Xitoyga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xitoy musobaqa mezboni. O‘yin qiyin bo‘lishi aniq. Shunga qaramay g‘alaba uchun astoyidil harakat qilamiz. Chunki bu o‘yinlar FIFA reytingidagi o‘rnimizga ta'sir qiladi. JCh saralashidan oldin reytingda yuqoriroq o‘rinlarni egallash muhim», - deb Kuper so‘zlarini keltirmoqda O‘FA sayti.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi o‘rin uchun mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi kechadigan bahs 25 mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.
Mavzuga oid
18:15 / 24.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston so‘nggi 8 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
16:51 / 16.10.2024
O‘zbekistonning JCh-2026ga borish imkoniyati keskin oshdi – We Global Football
21:06 / 15.10.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 10 kishi qolgan BAAni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
14:53 / 15.10.2024