G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti lavozimidan ketishini ma'lum qildi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti G‘ofur Rahimov iste'foga ketmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda AIBA saytida xabar qilingan.
“Men AIBA ijroiya qo‘mitasi a'zolarini nizomga va prezidentga o‘z vakolatlarini amalga oshirishdan bosh tortishga imkon beruvchi AIBA qonunosti hujjatlariga muvofiq holda AIBA prezidenti lavozimidan ketmoqchiligimdan xabardor qildim. Men bu masalani muhokama qilish va prezident vazifasini bajaruvchini saylash jarayonini boshlash uchun ijroiya qo‘mitasi a'zolarini dam olish kunlari teleanjumanga chaqirtirdim”, deb aytgan Rahimov.
Rahimov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining o‘z nomzodini qo‘ymaslik iltimosiga qaramay, 2018 yil noyabrda AIBA rahbari etib saylangandi.
AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti Rahimovni O‘zbekistonning bosh jinoyatchilaridan biri sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Rahimovning dollarlarda har qanday moliyaviy operatsiyani amalga oshirishiga taqiqlov kiritgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025