Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lyubinko Drulovich: «O‘runov raqibni aldayman deb to‘pni oldirib qo‘yadi? U driblingni yaxshi ko‘radi va bu normal holat»
O‘zbekiston milliy olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Hindiston termasiga qarshi kechgan Osiyo chempionati saralash o‘yinidan keyin (3:0) matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz muxbiri.
«Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda birinchisidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Uchta gol urganimizdan mamnunman. Hindiston ham yomon o‘ynamadi, birinchi taymda ularda ikkita imkoniyat bo‘ldi. Raqibdan bunday yaxshi o‘yinni kutmagandik», – deya dastlabki fikrlarini bildirib o‘tdi Drulovich.
– Ikki hujumchi – Abduxoliqov va Mirahmadovdan asosiy tarkibda nega Mirjahonni tanladingiz?
- Bobur biz uchun juda muhim o‘yinchi, u o‘rtoqlik o‘yinlarida juda yaxshi o‘ynadi. Kichik jarohati sabab bu o‘yindan oldin yetti kun mashg‘ulot o‘tkazmadi. Uni himoya qilishimiz kerak edi. Hali oldinda yana bitta o‘yinimiz bor. Shu sababli u asosiy tarkibga kiritilmadi.
– Abdulla Abdullayev va Jasurbek Yaxshiboyev ham boshlang‘ich tarkibda yo‘q edi?
– Yaxshiboyev biz bilan mashg‘ulotlarda ko‘p qatnashmadi, besh kun oldin «Paxtakor» safida maydonga tushgandi. OKMK bilan o‘rtoqlik o‘yinidagina uni sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Uni juda kuchli futbolchi deb hisoblayman, buni ikkinchi bo‘limda ham ko‘rsatdi.

– Oston O‘runov va Islom Kenjaboyev raqibni aldayman deb, ko‘p marta to‘pni oldirib qo‘yishdi. Oybek Rustamov esa pas uzatishda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ularning o‘yini haqida qanaqa fikrdasiz?
– Bu normal holat, Oston – yosh futbolchi. U bilan ko‘p gaplashganmiz, ba'zida oddiyroq harakatlar bilan o‘ynashi kerak. Lekin u dribling qilishni yaxshi ko‘radi. Yosh futbolchi uchun bu normal holat. Oybek esa, fikrimcha, taktik jihatdan juda yaxshi o‘yinchi. Yarimhimoyada barcha chiziqlarni yopadi. Bugun ham juda yaxshi o‘ynadi. Ba'zida to‘pni oldirib qo‘ydi, lekin bu futbolda normal holat.
– Hojiakbar Alijonov ham, Jasur Yaxshiboyev ham yig‘inlarda umuman ishtirok etmay, besh kungina oldin tarkibga qo‘shilishdi. Ularning «Paxtakor»dagi muvaffaqiyatli o‘yinlariga qarab maydonga tushirgan bo‘larmidingiz?
– To‘g‘ri, ular besh kun oldin tarkibga qo‘shilishdi. Alijonov «Paxtakor»da juda yaxshi o‘ynayapti, ammo Turkiyadagi yig‘inda himoyamiz ustida ishlaganmiz. Hojiakbar himoyada yaxshi harakat qiladi. Himoya chizig‘ida raqobat bor ekan, bu borada men qaror qabul qilishim kerak. Alijonovni yaxshi o‘yinchi deb hisoblayman.
– Tojikiston OTJ bosh murabbiyi Usmon Toshev o‘zbek futbolini juda yaxshi biladi. Tojiklarga qarshi ham bugungi o‘yin ko‘rsatiladimi yoki syurprizlar bo‘ladimi?
– Oldinda to‘rt kun vaqt bor, birinchi navbatda jismonan tiklanib olishimiz kerak. Orada Tojikiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘yinni ham ko‘ramiz. Shundan keyin bir qarorga kelaman. Usmon Toshevning o‘zbek futbolidan yaxshi xabardor ekani biz uchun muammo emas. Chunki, menimcha, keyingi o‘yinda bugungidan yaxshiroq o‘ynaymiz.
Mavzuga oid
15:21 / 30.01.2020
O‘FA Drulovich bilan shartnomani uzaytirmaydi
19:52 / 25.01.2020
Lyubinko Drulovich: «Qizil kartochka yo‘q edi...»
11:12 / 24.01.2020
Mag‘lubiyatdan so‘ng yana bir imkon berildi, bundan yaxshi motivatsiya bormi?
18:10 / 22.01.2020