O‘zbekistonda yer maydonlaridan foydalanish sohasidagi jiddiy muammolar ma'lum qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yillar davomida qishloq xo‘jaligida foydalanilmasdan kelingan, meliorativ holati yomonlashgan sug‘oriladigan yer maydonlarini bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, iqlimning global o‘zgarishi, suv tanqisligi, sug‘oriladigan yerlardan surunkali foydalanilmaganligi va yerdan samarali foydalanish bo‘yicha nazoratning pastligi natijasida respublika bo‘yicha 266 ming gektar sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashib, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi kamayib foydalanishdan chiqib ketgan.
Birinchidan, 266 ming gektar sug‘oriladigan ekin yerlari tuproqlarining -12,3 ming ga qismi ball-boniteti 30 balldan pastni, 99,6 ming ga qisminiki 31-40 ball, 96,7 ming ga qisminiki esa 41-50 ball, 31,1 ming ga qisminiki 51-60 ball, 4,9 ming ga qisminiki 61-70 ball bo‘lib, ushbu yer maydonlaridan foydalanish va unumdorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmagan;
ikkinchidan, iqlimning global o‘zgarishi natijasida, ayniqsa 2000-2001, 2008 yillarda bir qator hududlarda jiddiy suv tanqisligi kuzatilib, ekin maydonlari ekilmasdan qarovsiz qolgan va yovvoyi daraxtzorga va butazorga aylangan;
uchinchidan, jami 150,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari gips qatlamli va o‘ta notekis yerlar bo‘lib, ularni chuqur yumshatish, kapital tekislash hamda sho‘r yuvish ishlari olib borilmaganligi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga yaroqsiz holatga kelgan;
to‘rtinchidan, foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlardagi 7106 km kollektor-drenaj va 5483 km sug‘orish tarmoqlari, 254 ta nasos stansiyalari va 262 ta sug‘orish quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish talab etilmoqda.
Bundan oldin, yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar qanday maqsadlarda qabul qilinishi aytilgandi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024