O‘zbekiston | 14:20 / 22.03.2019
37385
2 daqiqa o‘qiladi

Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar qanday maqsadlarda qabul qilinadi?

Foto: cat.com

O‘zbekistonda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlar qator maqsadlarda qabul qilinadi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Qayd etilishicha, bunday qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;

xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; 

foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish; 

avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish); 

aholi punktlari bosh rejalarini bajarish, shuningdek, qonunlar va prezident qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.  

Bundan oldin, O‘zbekistonda yerlarni xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qaytadan e'lon qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid