Sanoatning keskin rivojlanişi bir tomondan insoniyat hayotini farovon tarafga özgartirgan bölsa, boşqa tomondan atrof-muhit va tabiat bilan boğliq juda jiddiy muammolarni keltirib çiqardi.
Jumladan, insoniyat bugun bir tomondan çöllaniş, boşqa tomondan yaşil hududlarning kamayib ketayotganidan aziyat çekmoqda.
Çöllaniş tufayli çang-tözonlar uzoq masofalarga uçib borayotgan bölsa, yaşil hududlar kamaygani tufayli boşqa muammolar kelib çiqmoqda.
Şu kunlarda internet olamida Braziliyaning San-Paulu şahrida yaşovçi 73 yoşli odam juda katta hududga daraxt köçatlarini ekib, parvarişlab, boğ yaratgani haqida xabarlar tarqaldi.
Insoniyat tomonidan yöq qilinayotgan yaşil hududlarni qaytarişga urinayotganlar birgina şu çol emas. Sanoqli bölsa-da bunday insonlar bor va ular dunyoning turli çekkalarida daraxt ekib, parvarişlaşda davom etmoqda. Quyida ularning bir neçasi haqida hikoya qilamiz.
Elio da Silva, Braziliya
San-Paulu şahri Braziliyadagi eng yirik, Ğarbiy yarimşardagi uçinçi yirik şahar hisoblanadi. Bu yerda qariyb 12 mln, şahar atrofi bilan hisoblaganda qariyb 20 mln odam yaşaydi.
Şaharning örtasidan kiçikroq Tikuatira daryosi oqib ötadi. Ötgan asrning oxirroqlarida bu daryo böyi qarovsiz holda, uysizlarga boşpana vazifasini ötardi. Şuningdek, giyohvandlar uya qurgan joy edi.
2003 yil tadbirkor Elio da Silva xotini bilan daryo böyida sayr qilib yurganida hamma yoq çiqindiga tölib yotganini köradi.

dailymail.co.uk
U daryo böyini obod etişga qaror qiladi va u yerni çiqindilardan tozalab, turli daraxt köçatlarini olib kelib eka boşlaydi.
Oradan 8-10 yil ötgaç dastlab ekilgan daraxtlar kökka böy çözib, daryo böyi istirohat boğiga aylanadi. Bundan ilhomlangan Elio daraxt ekişda davom etadi.
U 20 yil davomida 40 mingdan oşiq daraxt köçatlarini ekadi. Elio daraxt ekiş va ularni parvarişlaş uçun har yili 8-10 ming dollardan xarajat qiladi.
Natijada uzunligi 3,2 km, eni 100 metr bölgan joyda ajoyib boğ barpo böladi. Bugun Elioning boğida 160 xil turli daraxt va butalar ösib turibdi.


















