Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli kinossenarist Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi
Taniqli kinoijodkor, rejissyor, kinossenarist Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Rixsivoy Muhammadjonov 1940 yil 30 noyabr kuni tug‘ilgan. 1962 yilda Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini, 1972 yilda Ssenariychilar va rejissyorlar oliy kursini tamomlagan. 1976 yildan beri «O‘zbekfilm» kinostudiyasining ssenariy-muharrirlik kollegiyasi a'zosi bo‘lgan.
R.Muhammadjonov «Abdullajon», «Suyunchi», «Tangalik bolalar», «Chinor ostidagi duel», «Osmondagi bolalar», «Sotqin» kabi mashhur filmlarda ssenariy muallifi bo‘lgan. Rejissyor sifatida «Oltin Devor», «Chol va nabira», «Qaydasan muhabbat?» filmlarini yaratgan.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.