Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan Azarni «Real»ga o‘tishga ko‘ndirdi
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Chelsi» vingeri Eden Azar bilan suhbatlashib oldi, deb xabar tarqatdi Metro.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, fransuz mutaxassisi belgiyalik hujumchini yozda Madrid klubiga o‘tishga ko‘ndirgan.
Avvalroq «Chelsi» «Real»ning Azar bo‘yicha 82 mln yevrolik taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi. Ta'kidlanishicha, «ko‘klar» 115 million so‘rashmoqda.
28 yoshli Eden «Chelsi»ga 2012 yil yozida «Lill» safidan kelib qo‘shilgan, uning transferi London klubiga 35 mln yevroga tushgandi. Bu mavsum u APLning 29ta o‘yinida qatnashdi va ularning 26tasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda Azar 24ta golda bevosita qatnashdi (13+11).
Mavzuga oid
18:01
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026