Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada 15 ming kishi masjidlarga hujum qurbonlari xotirasini yod etdi
Yangi Zelandiyaning Kraystchyorchidagi shahar bog‘iga masjidlarda sodir etilgan hujumda halok bo‘lgan 50 kishining xotirasini yod etgani 15 mingdan ko‘proq kishi keldi.
Marosimda boshqa dindagi ko‘plab ayollar hurmat va qo‘llab-quvvatlov sifatida boshlariga ro‘mollar o‘rab olishgan. Ularga bu ro‘mollarni mahalliy musulmonlar jamoati a'zolari tarqatib chiqishgan.
Yod olish marosimi qurbonlar haqqiga Qur'on tilovatidan boshlangan, so‘ngra qurbonlarning ismlari birma-bir sanab o‘tilgan. Ulardan ko‘plari olis davlatga yaxshiroq taqdir va vatanlaridagi harbiy ixtiloflardan jon saqlash ilinjida kelishgan.
“Marosim yangi zelandiyaliklar hamdard ekanliklari va etnik turfaliklarini yana bir bor ko‘rsatadi va biz bu qadriyatlarni himoya qilamiz”, deb aytgan mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern.
Avvalroq shu kun mingdan ko‘proq odam Markaziy Oklendda irqchilikka qarshi “Xush kelibsiz, qochqinlar!” deb yozilgan plakatlar bilan mitingga chiqishgan.
2013 yildagi aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiyaning 4,8 mln kishilik aholisining 1 foizdan sal ko‘prog‘ini musulmonlar tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026