Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Putin va Trampga Suriyadagi inqirozni bartaraf etish rejasini taqdim etdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampga Suriyani inqirozini yechish bo‘yicha rejasini taqdim etdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib The Times of Israel gazetasi xabar qildi.
Avvalroq nashr suhbatdoshi Rossiya rahbari taklif etilgan rejaga qiziqish bildirganini aytgandi.
Manba reja haqidagi batafsil ma'lumotlarni oshkor qilmagan, ammo Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi AQSh, Rossiya va Isroil ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkinligini istisno qilmagan.
Suriyadagi qurolli nizo 2011 yilda boshlangan. Unda hukumat kuchlari, muxolifat va turli qurolli guruhlar ishtirok etgan. 2014 yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya hududidagi terrorchilarga zarba berishni boshladi. 2015 yil yozida jangarilarga qarshi kurashga Rossiya ham qo‘shildi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026