Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yetakchi nashrlarni «xalq dushmanlari» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp yetakchi ommaviy axborot vositalarini "xalq dushmanlari" deb atadi va ularni korrupsiyada aybladi.
"Yetakchi ommaviy axborot vositalari tanqid oloviga duch kelishdi va butun dunyo korrupsiyalashgan va soxtakor deya ularning ustidan kulmoqda. Ular ikki yil davomida aslida kelishuv yo‘q bo‘lsa-da, Rossiya bilan kelishib olganlik haqidagi xomxayollarini ilgari surishdi. Ular darhaqiqat xalq dushmanlari va muxolifatchi partiya!", - deb yozdi Tramp Twitter’da.
Avvalroq AQSh bosh prokurori Uilyam Barr kongressga Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha surishtiruv olib borgan maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotini taqdim etgandi.
«Surishtiruv Tramp kampaniyasi ishtirokchilari yoki u bilan aloqador shaxslarning 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovlariga ta'sir ko‘rsatish uchun Rossiya bilan til biriktirgani yoki aloqa qilganini aniqlamadi», — dedi u.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
13:42 / 16.03.2026