O‘zbekiston | 21:20 / 27.03.2019
20418
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda «to‘xtab turish» qoidasi buzilishini onlayn qayd etish tizimi dastlab qayerlarda ishlatilishi ma'lum qilindi

Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umrxonovning ma'lum qilishicha, tirbandliklar va noqulayliklarning oldini olish maqsadida «Yo‘l harakati qoidalari»ning 3.27 yo‘l belgisi ta'siri ostidagi hududda qoldirilgan mashinalar onlayn tartibda, harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, qoidabuzarlik avtomatik tartibda rasmiylashtiriladi va manzilga xat yuboriladi.

Hozirgi kunda IIBB va MIB o‘rtasidagi faoliyat muvofiqlashtirilishi yakuniga yetgan va vaqtida to‘lanmagan jarimalar avtomatik tarzda majburiy undiruvga oshiriladi.

«To‘xtab turish» qoidasi buzilishi onlayn qayd etilishi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastlab poytaxtning eng tig‘iz bozorlarida, masalan «Chorsu» bozori atrofida, shuningdek eng ko‘p e'tirozlarga sabab bo‘layotgan bekatlar hududlarida qo‘llaniladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid