O‘zbekiston | 20:20 / 28.03.2019
28874
1 daqiqa o‘qiladi

IIV boshqarmalaridan biriga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, endi bu lavozimda polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Kadirov faoliyat yuritishni boshlagan.

Doniyor Kadirov 2018 yilning martidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi mart oyi boshida O‘zbekiston prezidentining «Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgandi.