Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini ishlab chiqarishda yordam beradi
Koreya Respublikasining «Young one Corporation» kompaniyasi O‘zbekistonning qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi ekipirovkasini o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarishda yordam beradi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
27 mart kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida «Young one Corporation» kompaniyasi rahbari janob Sung Kixak bilan muzokaralar o‘tkazildi. Kompaniya taniqli The North Face brendi ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Uchrashuv davomida tomonlar tekstil sohasida hamkorlik qilishga oid masalalarni muhokama qilishdi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Koreya tomonning mamlakatimiz qishki o‘yinlar bo‘yicha milliy terma jamoasi uchun o‘zbek brendi ostida sport formasi kolleksiyalarini ishlab chiqarishda ko‘mak berishiga kelishildi.
Ta'kidlash joizki, 27-29 mart kunlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Seul shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni ikki tomonlama uchrashuvlar va Koreya tekstil sanoati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026