O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarning sovuq suv tarmog‘iga tozalovchi filtrlar qo‘yish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ko‘p qavatli uylarning sovuq suv ta'minoti tarmog‘iga tozalovchi filtrlar qo‘yish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, shaharlarda suv ta'minotini tezkorlik bilan yaxshilash zarur. Jumladan, Toshkent shahridagi ichimlik suvining katta qismi qayta ishlangan suv ekanligini hisobga olgan holda har bir ko‘p qavatli uylarning sovuq suv ta'minoti qismiga tozalovchi filtrlar qo‘yish kerak.
“To‘g‘ri, shifokorlar va boshqalar bizga yoshligimizdan suvni qaynatib ichishni tavsiya qilishadi, shunga qaramay, ba'zi bir mikroelementlar qaynatilgan holatda ham yo‘qolmaydi.
Oddiy misol, choynakda suv qaynating, uni stakanga quying va kuting, bir necha daqiqalarda stakan ustida oq parda hosil bo‘ladi, yana biroz kutsangiz, oq cho‘kindilarni ko‘rasiz, agar suvni shu holicha tashlab, ma'lum bir vaqtdan keyin qarasangiz, 1 stakan suvingizning tagida 1 choy qoshiqning 1/10 qismicha keladigan cho‘kindini ko‘rasiz. Kimlardir buni arzimas holat sifatida qarar, lekin, aynan shunday cho‘kindilar bizning organizmimizda yig‘ilib borib, oxir oqibat turli kasalliklarga olib keladi.
Biz odatda rangini «to‘q» qilib choy ichganimiz uchun suvdagi bunday quyqumlarni ko‘rmaymiz, aslida esa ular juda ko‘p. 3 litr suvda choy qoshiqning 1/3 keladigan quyqum chiqadi”, - deyiladi petitsiyada.
Bildirilishicha, ba'zi bir tumanlarda iste'mol qilinayotgan suvda esa undanda ko‘p. Suv ta'minotida bunday holatlarni kamaytirish juda katta xarajat va vaqt talab qiladi, shu sababdan har bir ko‘p qavatli uylarda sovuq suv ta'minoti uchun tozalovchi filtrlar o‘rnatish ayni vaqtda maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Har bir ko‘p qavatli uylarning sovuq suv ta'minotida tozalovchi filtrlar o‘rnatishni tashkillashtirish va ularning doimiy ishlashini nazorat qilishni taklif etaman. Mazkur tashabbusni moliyalashtirishda uy-joy mulkdorlari shirkatlariga kreditlar ajratish yoki uy-joy egalarining mablag‘laridan maqsadli foydalanish mumkin”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Mavzuga oid
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024