Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya gaz uchun “aqlli hisoblagichlar”ni majburiy tarzda o‘rnatish g‘oyasidan voz kechdi
Rossiya hukumati gaz uchun “aqlli hisoblagichlar”ni majburiy tarzda o‘rnatish g‘oyasidan voz kechdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan summa aholi uchun o‘ta qimmatlik qiladi.
“Rossiya hukumati iste'molchilar manfaatini hisobga olmasdan qaror qabul qila olmaydi”, — dedi Kozak.
Kozakning aytishicha, hukumat bu hisoblagichlar arzonlashishini va mazkur g‘oya rossiyaliklarga qiyinchilik tug‘dirmaydigan payt kelishini kutib turadi.
Rossiyada gaz uchun “aqlli hisoblagichlar” o‘rnatilishi rejasi haqida o‘tgan yil dekabrida ma'lum qilingandi. O‘shanda butun Markaziy Rossiya bo‘yicha bunday hisoblagichlar o‘rnatilishi 130 milliard rublga tushishi, bitta uskunaning narxi 5 ming rublni tashkil etishi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026