Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Bokuda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Ozarbayjon poytaxti Bokuda «Buyuk ipak yo‘li» nomli boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Bugun finalda jang qilgan o‘zbekistonlik bokschilardan Iqbol Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov (-91 kg) va Obid Tohirov (+91 kg) raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘lishdi. Finalda ishtirok etgan vakillarimiz:
-49 kg: Nodir Mirzaahmedov – Shalkar Ayxanbay (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammed Xamud (Marokash)
-69 kg: Iqbol Xoldorov – Maulen Oskayenbek (Qozog‘iston)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Rohil Mamadli (Ozarbayjon)
+91 kg: Obid Tohirov – Danil Semyonov (Qozog‘iston).
O‘zbekistonlik bokschilarining qayd etgan natijasi:
Iqbol Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodir Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukur Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasur Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullayev (-81 kg) – bronza.
Kecha, 31 mart kuni o‘tkazilgan yarim final bahslaridan keyin Jasur Latipov (-49 kg), Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) va Xurshid Abdullayev (-81 kg) bronza medali egasiga aylanishgandi. O‘zbekiston delegatsiyasi ertaga, 2 aprel kuni tunda Toshkentga qaytib keladi.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025