Boks terma jamoasining Osiyo chempionati uchun tarkibi ma'lum. Meliqo‘ziyev va Latipov tarkibdan chetda qoldi

16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etadigan tarkibini ma'lum qildi.
Osiyo chempionati sovrindorlari 7-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Jahon chempionatida esa olimpiada yo‘llanmalari o‘ynaladi.
«Ta'kidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, o‘z navbatida Olimpiya o‘yinlari litsenziyalari o‘ynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka jo‘nab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari bo‘yicha 1-raqamli sportchilarni, ya'ni Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da'vogar charm qo‘lqop ustalarini saralab olishga e'tibor qaratishdi», deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkib bilan xalqaro musobaqaga yo‘l olmoqda. Murabbiylar terma jamoaning doimiy a'zolari Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) va Jasurbek Latipov (-52 kg) kabi sportchilar o‘rniga Shukurjon Rahimov va Dilshodbek Ro‘zmatov kabi yangi nomlarni tarkibga jalb etishgan.
Erkaklar:
– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov (1993)
– 56 kg: Miraziz Mirzaxalilov (1995)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov (1995)
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov (1998)
– 69 kg: Bobo-Usmon Baturov (1994)
– 75 kg: Isroil Madrimov (1995)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov
– 91 kg Sanjar Tursunov (1998)
+91 kg: Bahodir Jalolov (1994)
Ayollar:
– 48 kg: Fotima Tursunboyeva
– 51 kg: Farangiz Hoshimova
– 54 kg: Tursunoy Rahimova
– 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva
– 60 kg: Rayxona Qodirova
– 64 kg: Maftuna Meliyeva
– 69 kg: Shahnoza Yunusova
– 75 kg: Mavluda Mavlonova
– 81 kg: E'zoza Meliyeva
Bosh murabbiy: Marat Qurbonov
Murabbiy: Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiy: To‘lqin Qilichev.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Ozarbayjon poytaxti Bokuda «Buyuk ipak yo‘li» nomli xalqaro musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi 13 nafar sportchi bilan ishtirok etdi va 3ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni olishdi. 10dan ortiq jamoa ishtirok etgan bu turnirda birinchi o‘rinni Ozarboyjon, uchinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

22:03 / 20.04.2025