Nursulton Nazarboyev o‘zining yangi majburiyatlarini bajarishga kirishdi
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 3 aprelda Nazarboyev markazda yig‘ilish o‘tkazdi.
“Men tegishli qonun bilan tartibga solinuvchi Birinchi prezident – Elboshi majburiyatlarini bajarishga kirishdim. Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi, Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi hisoblanaman, Nur Otan partiyasiga boshchilik qilmoqdaman. Oldinda ko‘p ish bor. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Birinchi prezident devonxonasi tashkil etildi. Barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. Endi barcha zimmamga yuklangan vazifalarni bajarishga kirishishim lozim”, deb aytib o‘tgan Nazarboyev.
Yig‘ilishda Birinchi prezident devonxonasi rahbari, Birinchi prezident yordamchisi, devonxona bo‘limlari, Birinchi prezident kutubxonasi va jamg‘armasi rahbarlari ishtirok etishgan.
Yig‘ilishda Nazarboyevga devonxonaning faoliyati boshlanishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy tadbirlar yakunlangani ma'lum qilingan hamda xodimlarni tanlash natijalari haqidagi ma'lumot taqdim qilingan.
Mavzuga oid
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024
Nazarboyevning jiyani davlatga 1,6 mlrd dollar qiymatli mulklarni qaytardi
21:42 / 12.01.2024