16:56 / 04.04.2019
12020
Reklama

Coca-Cola Uzbekistan tomonidan Mega-sumalak

O‘lkamizga bahor, yorug‘lik va mehr ayyomi Navro‘zi olam kirib kelishi bilan har bir inson o‘zgacha bir quvonch va yangilanish istaydi. Buning uchun odamlar bir-birlari bilan diydorlashish maqsadida turli xil bayramlar, tadbirlar uyushtirib, sumalak qaynayotgan gulxan atrofida o‘yin-kulgular tashkil etishadi. Ko‘pchilik insonlar uchun sevimli bo‘lgan bahoriy taom tayyorlanayotgan kun-u tunni haqiqiy ma'noda sehrli deb atash mumkin...

O‘stirilgan bug‘doy hamda suvdan tarkib topgan taom juda oddiy ko‘ringani bilan unda ko‘p sir mavjud. Masalan, sumalak tagi kuyib qolmasligi uchun uni nafaqat kapgir yordamida aralashtirib turish, balki qozonga toshchalar solish lozim. Sumalakning yanada to‘yimli hamda oziqlantiruvchi bo‘lishi uchun bug‘doydan tashqari unga paxta yog‘i va bug‘doy uni qo‘shiladi. Yuz gramm ushbu bahoriy ne'mat tarkibida 140 kilokaloriya mavjud. Yaqinlarning yig‘ilishlariga sababchi bo‘lgan sumalak pishirish jarayonidagi o‘yin-kulgular va raqslar barchaga ajoyib kayfiyat ulashib, esda qolarli taassurotlar qoldiradi.

Yurtdoshlarimiz hamda poytaxtimiz mehmonlari joriy yilning 29-30 mart kunlari bayramona bezatilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘da “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd” MChJ tomonidan tashkil etilgan unutilmas musiqiy va ko‘ngilochar dasturlarda qatnashish bilan birga, malakali oshpazlar tomonidan tayyorlangan xalqimizning sevimli taomidan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu ajoyib bahoriy taomni pishirish jarayoni 1,5 sutka davom etdi. Sumalak tayyorlash jarayonida “O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi”ning 50 nafar yetakchi oshpazlari xizmat qilishdi va bunda 7000 kg bug‘doy uni, 2400 kg bug‘doy, 10 kg yong‘oq, 300 litr o‘simlik yog‘i, 3000 litr suv kabi mahsulotlar diametri 4,2 metrli, chuqurligi 1 metrni tashkil etadigan 8 000 litr sig‘imli maxsus qozonda pishirildi. Tayyor taom esa hammasi bo‘lib rekord natija: 8135 kg ni tashkil etib xalqimizni yanada xursand  qildi.

Reklama huquqi asosida

Top