Jamiyat | 14:15 / 04.04.2019
17655
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

La Vita kompaniyasi sifatli va toza suv iste'mol qilish bo‘yicha targ‘ibot aksiyasini olib bormoqda

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi O‘zbekistonda doim dolzarb bo‘lgan. So‘nggi bir nechta o‘n yilliklar davomida ro‘y bergan ekologik vaziyat va iqlimning o‘zgarishlari bu muammoni yanada chuqurlashtirdi. Bu tabiiy holatda suv iste'mol qilish madaniyatiga ta'sir qilmoqda, jumladan, kapsulalarda suv sotib olayotgan odamlar soni izchil ortib bormoqda va buning natijasi o‘laroq, toza ichimlik suvini yetkazib beruvchi kompaniyalar soni ham oshmoqda.

Ammo bu o‘sish sur'atlari aholini toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlash uchun yetarli emas. Shuning uchun kapsulalarda toza suv ishlab chiqarishga ixtisoslashgan La Vita kompaniyasi ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishni niyat qildi va sifatli suv iste'mol qilishni ommalashtirish bo‘yicha aksiyasiga qo‘l urdi.

E'lon qilingan aksiya shartlariga ko‘ra La Vita kulerlarini sotib olgan har bir iste'molchiga 10 kapsuladan toza suv sovg‘a qilinadi. Kulerlarning narxi 1.200.000 va 750.000 so‘mni tashkil qiladi, 20 litr hajmli bir kapsula suv esa – 12.000 so‘m. Kompaniya siyosatining yana bir muhim tarafi – kapsulalar ofis yoki uyingizga bepul yetkazib beriladi. Bu ham toza va sifatli suv iste'mol qilishga undaydi.

La Vita kompaniyasi yangi logotipini ham taqdim etdi. U Toshkentning yuqori malakali dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilib, 12 pog‘onali tozalash tizimidan o‘tgan va kumush zarralari bilan boyitilgan La Vita suvining foydali va tozaligini ifodalaydi. Kompaniya vakillarining aytishicha, tovar belgisining ishlab chiqilishi kompaniya rivojlanish yo‘lida yangi davr boshlanganligini, jumladan, ishlab chiqarish sifati va yetkazib berish tartibi nazoratini kuchaytirilishini bildiradi.

Suv va kulerni bepul yetkazib berish xizmati:

+998 71 203-58-58

+998 95 170-58-58

Facebook: fb.com/lavitabottlers

Instagram: instagram.com/lavitabottlers

Telegram orqali bog‘lanish: @LaVitawaters

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish