16:25 / 04.04.2019
51928

Prezident raisligida videoselektor o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan respublika videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilish kun tartibidan 1-chorak yakunlari bo‘yicha eksport prognozi ijrosi, yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘rnini qoplash hamda 1-yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari, 2019 yilning 1-chorak yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar hamda 1-yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi o‘rin olgan.

Yig‘ilishda 2019 yil hosili uchun chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha 4ta sektor rahbarlari hamda paxta hosili uchun kaliyli mineral o‘g‘itlarni jamg‘arish bo‘yicha «O‘zkimyosanoat» AJ (Temirov), Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Isroilov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Ergashev) va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, 2019 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda zang kasalligiga va zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish bo‘yicha «O‘zagrokimyohimoya» AJ (Isayev, Ochilov) hamda joylardagi 4ta sektor rahbarlari va hududiy «Agrokimyohimoya» rahbarlarining hisobotlari ham tinglanadi.

Shuningdek, 2019 yil hosili uchun asosiy maydonlarga kartoshka va sabzavot ekinlarini ekishni tashkil etish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xo‘jayev) hamda tumanlardagi 4ta sektor rahbarlarining hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5696-sonli farmoni hamda «Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4243-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarning hisoboti tinglanadi.

Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, DSI boshliqlari, tijorat banklari rahbarlari, sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning birinchi rahbarlari ishtirok etmoqda.

Top