19:01 / 04.04.2019
10217

«UZDIGITAL TV» endi Surxondaryo aholisiga ham o‘z xizmatlarini taklif etmoqda

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi  2017 yildan boshlab yurtimiz hududlari bo‘ylab o‘z xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Bu yuqori sifatli raqamli televideniye bilan Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qamrab olingan.

Mamnuniyat bilan xabar qilishga shoshilamizki, endi Janubiy mintaqamiz – Surxondaryo viloyati aholisiga ham raqamli televideniye pullik xizmatlari taqdim etiladi. Sifatli tasvir va ovozdan bahramand bo‘lish, zamonaviy texnologiyalarning fazilatlaridan foydalanish va barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Telekanallar to‘plamida har qanday did va yosh uchun kontent tanlangan. Teletomoshabinlar o‘yin-kulgi, ilmiy va sport dasturlarini tomosha qilishlari, bolalar esa sevimli multqahramonlari bilan dam olishlari mumkin.

2019 yil 4 aprel kuni raqamli televideniye  yetakchi provayderi «UZDIGITAL TV» kompaniyasi Termiz shahri Taraqqiyot ko‘chasi, 13 uy (pochta binosi) da sotish va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi ish faoliyatini boshladi. Surxondaryo viloyati aholisi uchun raqamli televideniyening 3ta pullik xorijiy telekanallar to‘plami mavjud bo‘ladi:

«Ekonom plyus» – 10ta xorijiy telekanal, abonent to‘lovi 10 000 so‘m;

 «Standart» – 14ta xorijiy telekanal, abonent to‘lovi jismoniy shaxslar uchun 12 000 so‘m va yuridik shaxslar uchun 16 000;

«Miks» – 32ta xorijiy telekanal, abonent to‘lovi jismoniy shaxslar uchun 18 000 so‘m va yuridik shaxslar uchun 21 500 so‘m.

Kompaniyaning ofisida bo‘lajak abonentlarni kerakli qurilmalarni tanlashga va xizmatlarga ulanishga yordam beradigan malakali vakillar kutib oladi.

«UZDIGITAL TV» siz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiladi!

Reklama huquqi asosida

Top